Sava Grujić
Sava Gruich | |
---|---|
Tavalludi |
25-noyabr 1840-yil |
Vafoti |
25-noyabr 1913-yil Belgrad, Serbiya |
Fuqaroligi | Serbiya |
Kasbi | Diplomat, tarixchi |
Unvoni | General |
Sava Grujić (serbcha: Сава Грујић) (1840-yil – 1913-yil) — Serbiyalik harbiy va davlat arbobi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sava Grujić 1840-yil 25-noyabrda Smederev yaqinidagi Kolari qishlogʻida tugʻilgan. Taʼlimni Belgrad harbiy bilim yurtida olgan. 1861-yilda uSava artilleriyaning ikkinchi leytenanti unvonigacha koʻtarildi va tez orada artilleriyani amaliy oʻrganish uchun Prussiyaga yuborildi va u yerda 1863-yilgacha amaliyot oʻtadi[1]. Oliy artilleriya maʼlumotini olishni istagan Gruich Rossiya xizmat armiyasiga kiradi. 1864-yilda 23-artilleriya brigadasiga oʻqishga qabul qilinadi. Oʻqishni yaxshi tamomlagan Sava Sankt-Peterburgda 2 yil xizmat oʻtaydi[2].
1870-yilda Grujić Serbiyaga qaytib keladi. 1873-yilda Sava Serbiya armiyasidan urush vaziri Alimpikni ayblovchi maqolasi uchun ishdan boʻshatildi, ammo oʻsha yili u yana xizmatga qabul qilindi va avval Kragujevacdagi arsenal boshligʻi, keyin esa artilleriya boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi[3][4]. 1876-yilda Sava Dmitrievich Gruich polkovnik unvoniga sazovor boʻldi. Serb-turk urushi paytida Grujić general Chernyaev armiyasida artilleriya boshligʻi boʻlgan va Vabina Glava, Aleksinac va Deligrad qoʻmondonligidagi ishlarda oʻzini namoyon qilgan. 1877-yilda mudofaa vaziri etib tayinlangan Grujić Serbiya armiyasida koʻplab maqsadga muvofiq islohotlar oʻtkazadi va ulkan natijalarga erishadi. 1879-yil boshida Grujić Bolgariyadagi elchixonada bosh konsul, 1882-yilda Afinadagi elchi, 1887-yilda toʻliq general darajasiga koʻtarilib, Sankt-Peterburgga elchi etib tayinlanadi[5]. 1891-yilda Grujić Davlat kengashi raisi, 1892-yilda Konstantinopoldagi elchi, 1893-yilda vazir-prezident, 1897-yilda yana Rossiya imperiyasi poytaxti Sankt-Peterburg shahriga elchi etib tayinlanadi. 1899-yilda Grujić qirol Milanning hayotiga suiqasd qilishda ayblanib, lavozimidan boʻshatiladi va sudga tortiladi. Ammo bu qarorni eshitgan Sava chet davlatga qochib ketadi. 1900-yilda Milanning qulashi bilan Grujićning barcha huquqlari, unvonlari va mukofotlariga qaytariladi[6]. Sava Grujich 1913-yil 25-noyabrda Belgrad shahrida vafot etadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Slobodan Jovanović 1990a, s. 190.
- ↑ Vuchetich 2012, s. 169.
- ↑ Alex N. Dragnich 1978.
- ↑ Wayne S. Vucinich 2008.
- ↑ Slobodan Jovanović 1990b, s. 352-355.
- ↑ „The Hague Conventions of 1899 and 1907“.