Savdo Abdulqodirxoʻja
Qiyofa
Savdo Abdulqodirxoʻja (1824 — Buxoro — 1873) — shoir va adib, jamoat arbobi. Bobosi Buxoro qozikaloni boʻlgan. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Musiqa ilmi, ilmi nujum va astronomiyani chuqur oʻrgangan. Amir Muzaffar uni saroyga tortib, oʻziga nadim (hamsuhbat) qilib olgan. S "Bepul" taxallusi bilan oʻzbek va tojik tillarida ijod qilgan. Uning 1450 bayt sheʼrlari (gʻazallar, masnaviylar, qasidalar va boshqalar) bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, nasrda yozgan 7 hikoyati ham mavjud. S. adabiy merosini 3 qismga: ishqiy sheʼrlar, qasida va marosimlar; taomlar tarixiga bagʻishlangan sheʼrlar; hajviyalarga boʻlish mumkin. S.ning asarlari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sadriddin Ayniy, Esdaliklar [8j.li], 6j., T., 1965; Qori Rahmatulloh Buxoriy [Vozeh], Tuhfat ulahbob fi tazkirat ulashob, Buxoro, 2001; Aliyev S, Buxoroda bitilgan baytlar, T., 1992.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |