Saydiahrol Toʻxtayev
Saydiahrol Toʻxtayev | |
---|---|
Tavalludi |
1-sentyabr 1942-yil Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Vafoti |
3-yanvar 2022-yil Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | SSSR Oʻzbekiston |
Ilmiy darajasi | kimyo fanlari doktori |
Saydiaxral Toʻxtayevich Toʻxtayev (1-sentyabr 1942-yil, Toshkent – 3-yanvar 2022-yil) – mineral oʻgʻitlar formulasini yaratish va ishlab chiqish sohasidagi oʻzbek olimi. Kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saydiaxral Toʻxtayevich 1942-yil 1-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 22-sonli maktabda oʻqigan. Keyin Politexnika institutining kimyo-texnologiya fakultetida tahsil olib, uni 1963-yilda tamomlagan. Topshiriq boʻyicha Respublika davlat azot sanoati institutining Chirchiq filialida texnologik muhandis boʻlib ishlagan[1].
Saydiaxral 1965-yildan Oʻzbekiston SSR FA Kimyo institutida amaliyotchi (1965–1966), aspirant (1966–1969), kichik va katta ilmiy xodim boʻlib faoliyat olib borgan. 1971-yildan boshlab oʻgʻitlar tarkibidagi mikroelementlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan laboratoriyaga rahbarlik qilgan. 1991–1992-yillarda ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari boʻlib ishlagan[2].
1969-yilda nomzodlik, 1984-yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Toʻxtayevich 1992–1999-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻgʻitlar institutida boʻlim mudiri boʻlgan. Soʻngra umrining soʻnggi kunlarigacha Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo institutida loyiha rahbari va bosh ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
2000-yildan boshlab, Toshkent kimyo-texnologiya instituti „Noorganik moddalar texnologiyasi“ kafedrasi mudiri boʻlgan.
Toʻxtayev 1986-yilda professor, 1989-yilda Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi va 2000-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi boʻlgan.
Uning rahbarligida „Sihat“, „Sardor“, „Sadaf“, „UzDEF“, „Fandef“ noorganik va organik birikmalar asosidagi zarari kam boʻlgan va yuqori samarali defoliantlar, bundan tashqari gʻoʻza koʻzalarining pishishi va ochilishini tezlatgichlar ham yaratildi.
Doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan 55 nafar shogirt tayyorlagan[3].
Saydiaxral 1997-yil „Shuhrat“ medali bilan taqdirlangan.
Saydiaxral Toʻxtayevich 2022-yil 3-yanvarda Toshkentda vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shuhrat medali sohiblari
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi muxbir a’zolari
- Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari
- Toshkentda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- 3-yanvarda vafot etganlar
- Toshkentda tugʻilganlar
- 1942-yilda tugʻilganlar
- 1-sentyabrda tugʻilganlar