Sayfi Olimov
OLIMOV Sayfi (1901.18.2 – Toshkent – 1984.14.7) – aktyor., rejissyor, oʻzbek teatri tashkilotchilaridan biri. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Sahna faoliyatini 1918-yil Toshkent eski shahar xalq maorifi boʻlimi qoshidagi „El-tuzar“ yarim professional truppada boshlagan. 1919-yil M. Uygʻur rahbarligidagi teatr truppasiga qabul qilingan. 1925—27 yillar Boku teatr texnikumida oʻqigan. 1927—84 yillar Hamza teatrida aktyor, 1931—32 yillar Ishchi-yoshlar teatrida, 1935—37 yillar Xorazm teatrida, 1937—40 yillar kolxoz—s-z teatrida rejissyor O. improvizatsiya sanʼa-tiga boy, hozirjavob, harakterli rollar ustasi, aktyorlik sanʼatining yirik namoyandasi sifatida tanilgan. Yaratgan obrazlari milliy boʻyoqlarga boy va hayotiyligi, ifoda vositalarining aniqligi, sahna texnikasining mukammalligi bilan qimmatlidir. Tabib („Turkiston tabibi“), Maqmudxon, Qodirqul mingboshi (Hamza, „Zaharli hayot“, „Boy ila xizmatchi“), Miller (F. Shiller, „Makr va muhab-bat“), Sultonbek (U. Hojibekov, „Arshin mol olon“), Ismoil (K. Gotssi, „Malikai Turandot“), Poloniy (U. Shekspir, „Hamlet“), Jomiy (I. Sulton, Uygʻun, „Alisher Navoiy“), Sanjarov („Imon“) kabi yuzdan ortiq rollar ijro etgan. Rej. sifatida „Paxta shumgʻiyalari“, „Rustam“ (U. Ismoilov), „Yondiramiz“ (Komil Yashin), „Uylanish“ (N. Gogol) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda (Zargar, „Nasriddinning sarguzashtlari“; Tarixchi, „Amirlikning yemirilishi“; Munajjim, „Ulugʻbek yulduzi“ va boshqalar) ham rangbarang obrazlar yaratgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |