Kontent qismiga oʻtish

Sayfiddin Muhammad Farg‘oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayfiddin Muhammad Farg‘oniy
Tavalludi XIII asr
Vafoti XIV asr
Taxallusi Sayfiy Fargʻoniy, Sayf Fargʻoniy
Kasbi shoir

Sayfiddin Muhammad Farg‘oniy — Sayfiy Fargʻoniy nomi bilan ham tanilgan fargʻonalik oʻzbek shoiri[1].

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayfiy Fargʻoniyning tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. Shoir Saʼdiy Sheroziyning zamondoshi va doʻsti boʻlgan. Oʻzbekistinda ilm olib, moʻgʻullar taʼqibi natijasida u yerdan chiqib ketgan va 1262 — 1284-yillari Tabrizda istiqomat qilgan. Tabrizda Saʼdiy Sheroziyga bir qancha maktublar yuborgan. U maktublardan toʻrt donasi bugungi kunggacha saqlanib qolgan[2].

Sayfiy Fargʻoniy Tabrizdagi ahvoli yomonlashadi va u Rimning Oqsaroy shahriga koʻchib oʻtib, umrining soʻnggi daqiqalarigacha oʻsha joyda yashaydi[2].

Sayfuddin Fargʻoniyning 10500 misradan tarkib topgan devoni saqlanib qolgan. 1312-yili koʻchirilgan eng qadimiy nusxasi Istanbul universiteti kutubxonasida, 1498-yili koʻchirilgan nusxasi esa Ravon Kashku kutubxonasida saqlanib kelinadi. Devon 573 gʻazal, 4 qitʼa, 23 ruboiy va 160 qasidadan iborat. Shoir Sanoiy, Fariruddin Attor va Shayx Saʼdiylar sheʼriy uslublaridan keng foydalangan. Fargʻoniyning gʻazallari asosan ilohiy va insoniy ishq-muhabbat haqida. Shuningdek, uning bir-qancha gʻazallarida tasavvufiy ishq tasvirlangan[2]. Shoir ishq haqidagina yozib qolmay, zamondan shikoyat va moʻgʻul bosqinchilarini ham tanqid qilgan.

Mo‘g‘ullar istilosi oqibati va o‘sha davrdagi notinch vaziyat Sayfiddin Muhammad Farg‘oniyni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni tanqid ostiga oluvchi sheʼrlar yozgan[1]. Sayfuddin Fargʻoniyning shikoyatomuz, tanqidiy, falsafiy ruhda yozilgan qasidalarida oʻz davrining amir, vazir, hokim hamda boshqa mansabdor kishilar tanqid qilingan. Sayfuddin Fargʻoniy gaʼzal va qasidalarida vatan va inson huquqlari haqida ham yozgan. Shuningdek, odamlarga yaxshilik qilish, saxovat, ehson, insof va adolat hislatlarini ham bayon qilgan[2].

  1. 1,0 1,1 „O‘z davrining orif shoiri Sayf Farg‘oniy yoxud Sa’diy Sheroziy, Humom Tabriziylar bilan do‘stlashgan so‘z ustasi“ (14-dekabr 2022-yil). Qaraldi: 10-iyun 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Hoji Ismatulloh Abdulloh. Markaziy Osiyoda islom madaniyati. Sharq nashriyoti matbaa aksiyadorlik kompaniyasi, 2005 — 307-384-bet.