Kontent qismiga oʻtish

Sayfuddin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sayfuddin, Hoji Sayfuddin (? — 1401, Nishopur) — Amir Temurning yaqin safdoshi va atokli sarqardalaridan biri. Nukuz urugʻi vakili. Sohibqironnyng taxt tepasiga kelishida, moʻgʻullarni Movarounnahr sarhadlaridan quvib chiqarishda S. Joku, Abbos bahodir, Sulaymonshoh, Dovud kabi beklar qatori jonbozlik koʻrsatgan. 1365-yilda yuz bergan Jangiloysya S Amir Temur qoʻmondonlik qilgan juvangʻar — soʻl qanotning qoʻlmarkazidan oʻrin olgan. 1365-yil Sohibkironning 243 nafar safdoshi, 12 ming kishilik lashkari bilan Naxshabda turgan amir Husaynga qarshi yurish qiladi. Ushbu yurishda boshqa xos beklar qatori S ham jasorat koʻrsatgan. S.ga amiri lashkar va tavochi mansabi beriladi. 1371-yil S. Sohibqiron tomonidan Samarqand dorussaltana dorugʻasi etib tayinlangan (1371 — 75). 1377-yilning qishida haj amalini bajo keltirgan. Ilmi harb, ilmi nujum, ilmi shariatdan mukammal xabardor boʻlgan S.ni Sohibqiron diplomatik muzokaralar olib borishga jalb etgan. 1383—87 yillarda S. Eron, Ozarbayjon, Iroqqa qilingan harbiy harakatlarda Mironshoh qoʻshini safida qatnashgan. 1388-yilning noyabrda Amir Temur S.ni oʻ gʻruq(oboz)k& qoʻmondon qilib tayinlab uni Samarqandga uzatgan. 1391-yildagi Qunduzcha jangida S Mironshoh boshchiligidagi oʻng qoʻl qism qunbuliga sardorlik qilgan. Jangdan soʻng Sohibqiron oʻgʻruqni poytaxtga yetkazishni yana S.ga yuklagan. 1393-yil S. Gurjiston yurishida ishtirok etgan. S.ning sarkardalik isteʼdodi, matonati, tadbirkorligi 1395-yil Terek dape’cu boʻyidagi jangaa yaqqol namoyon boʻlgan. Boyazid Yildirimga qarshi yurish davrida, Amir Temur qoʻshiniga qoʻshilish maqsadida Samarqanddan Muhammad Sulton mirzo bilan safarga chiqqan S. Nishopurga yetgach, betob boʻlib vafot etadi.

  • Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, Movarounnahr voqealari, 1360—1370, T., 1994.

Hamidulla Dadaboyev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil