Kontent qismiga oʻtish

Sayid Sulton Ali masjidi

Koordinatalari: 33°19′57″N 44°23′54″E / 33.3324°N 44.3983°E / 33.3324; 44.3983
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sayid Sulton Ali masjidi
arabcha: جامع سيد سلطان علي
Masjid binosi (1918-yil)
Mamlakat  Iroq
Shahar Bagʻdod
Koordinatalar 33°19′57″N 44°23′54″E / 33.3324°N 44.3983°E / 33.3324; 44.3983
Yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Asosiy sana:
1590-yil
Maqomi masjid
Umumiy maydoni 1,000 square metre (11,000 kv ft)
Bino maydoni 600 square metre (6,500 kv ft)
Hajmi 1000 kishi
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Holati amaldagi

Sayid Sulton Ali masjidi (arabcha: جامع سيد سلطان علي) Iroqning Bagʻdod shahrida joylashgan qadimiy masjiddir. U shaharning madaniy meros obyektlari qatoriga kiradi, masjid Rusafa tarixiy hududining janubiy qismida, al-Rashid koʻchasida, Dajla daryosiga tutash al-Ahror koʻprigi yaqinida joylashgan[1]. Masjid birinchi marta 1590-yilda Ali Posho hukmronligi ostida tashkil etilgan. Masjidning nomi unda dafn etilgan Sayid Sulton Ali nomi bilan ataladi.

2001-yilda masjidda qayta tiklash ishlari amalga oshirildi. Masjidni rivojlantirish Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn buyrugʻiga koʻra amalga oshirildi[2].

Masjidda shayx Ahmad Shaks al-Alusiy singari taniqli ulamolar dars bergan madrasa mavjud. Madrasa 1873-yilda qayta tiklandi, uning maydoni 1,000 square metre (11,000 kv ft) ga qadar kengaytirildi. Shuningdek, unda Tekyeh Quratun Ali nomi bilan mashhur takya ham bor. Masjidga gʻishtdan qurilgan, Usmonli meʼmoriy uslubi shaklini olgan, hamda koʻk koshinlar bilan bezatilgan minora biriktirilgan. Haram 600 square metre (6,500 kv ft) maydonni tashkil etadi va oʻzida 1000 ta namozxonni sigʻdira oladi. Haramda eski mehrob va minbar mavjud boʻlib, devor yuzasiga Qur’on oyatlari bitilgan[3].

Masjidning chap tomonida Sayid Sulton Ali ziyoratgohi va maqbarasi joylashgan boʻlib, uning shaxsi haligacha ochiqlanmagan, baʼzi odamlar uni Rifoiy tariqatining asoschisi Ahmad ar-Rifoiyning otasi deb taʼriflaydilar. Biroq iroqlik tarixchi Muhammad Bahja al-Atoriy uni Imom Jafar as-Sodiq, Sulton Ali ibn Ismoil ibn Jafarning avlodi deb hisoblaydi va avvalgi nazariyani uydirma deb biladi. Yana bir hurmatli avliyo Imom ar-Ravos Sulton Alining yoniga dafn etilgan.

Oʻng tomonda madrasaga kirish eshigi hamda Xotun binti Dorush Jalabiyning qabri joylashgan. Markazda masjid koridoriga kirish eshigi mavjud[4].

  1. الدليل السياحي للأضرحة والمقامات في العراق – دائرة الأضرحة والمقامات والمراقد السنية العامة – ديوان الوقف السني في العراق. p.38
  2. „أمانة بغداد تستعد لإعادة شارع الرشيد لمكانته التاريخية“ (ar). www.aljazeera.net. Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
  3. دليل الجوامع والمساجد التراثية والأثرية – ديوان الوقف السني في العراق. p.36.
  4. جامع السيد سلطان علي (Wayback Machine saytida 2018-08-25 sanasida arxivlangan). Al-Zawra. Retrieved January 27, 2018.