Sayido Nasafiy
Qiyofa
Sayido Nasafiy | |
---|---|
Tavalludi | 1637 |
Vafoti | 1710 |
Kasbi | Shoir |
Ijod qilgan tillari | Tojik tili va Fors tili |
Yoʻnalish | Nazm |
Janr | Gʻazal, ruboiy, qasida |
Sayido Nasafiy (taxallusi; ismi Mirobid) (1637—Nasaf — 1710) — shoir. Buxoro madrasalarida oʻqigan. Toʻquvchilik bilan kun kechirgan. Turdi bilan yaqin doʻst boʻlgan, uning taʼsirida ijodi kamolga yetgan. Dastlab asarlarida ashtarxoniy hukmdorlarni madh etgan, ularga madhiyalar yozgan. Lekin ijtimoiy tengsizlik, adolatsizliklar mohiyatini tushungach, madhiyabozlikdan uzoqlashgan. Asarlarida jabru - zulmga qarshi norozilik asosiy oʻrinni egallagan. "Shahroshub" manzumasida 212 xil kasb-hunar egasi haqida fikr bildirgan, hunar ahlini ulugʻlagan. "Bahoriyot" ("Hayvonotnoma") majoziy munozara asarida, ayrim gʻazallarida oʻz davrining ijtimoiy-siyosiy muhiti tanqid qilingan. Asarlari nafis, sodda tilda yozilgani uchun tez ommalashgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ravshanov P., Adabiy sahifalar, T., 1985.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |