Kontent qismiga oʻtish

Saylov senzlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Saylov senzlari — konstitutsiya yoki saylov to'g'risidagi qonunlarda belgilangan saylov huquqinn amalga oshirishda oʻrnatilgan shart va cheklovlar. Senzlar turli xil boʻlishi mumkin: jins va yosh senzi (ayollarning saylov huquqini amalga oshirishiga ruxsat berish yoki cheklash; muayyan yoshga toʻlganda saylov huquqini amalga oshirish); ijtimoiy va mulkiy senz, maʼlumotlilik, oʻtroqlilik, fuqarolik senzi va boshqa Sivilizatsiya rivojlana borgan sari, u yo bu senzlar inkor etila borgan. Mas, dastlab saylov xuquqi faqat erkaklarga berilgan, lekin 20-asrga kelib erkaklar va ayollar huquqi tenglashtirilgan. 19 va 20-asrlarda tabaqaviy va mulkiy senzlar keng qoʻllandi. Muayyan tabaqa vakillari (ishchilar, dehqonlar, harbiy xizmatchilar va boshqalar)ning saylovlarda ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmagan, muayyan mulk va daromadga ega boʻlgan shaxslargina saylash xukuqiga ega boʻlgan. Mulkiy, jinsiy, irqiy senzlar demokratiya tamoyillariga toʻgʻri kelmasligi uchun ulardan voz kechildi. Hozirgi vaqtda har bir davlatning saylov toʻgʻrisidagi qonunlarida Ss. belgilangan doirada amalda mavjuddir.

Sadriddin Xidirov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil