Kontent qismiga oʻtish

Sayyid Ali al-Zakiy maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sayyid Ali al-Zaki maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Sayyid Ali al-Zakiy maqbarasi
Umumiy maʼlumot
Turi maqbara

Sayyid Ali az-Zakiy maqbarasi (arabcha: ضريح كميل بن زياد) – Iroqning Maysan shahridagi Al-Kahla tumanida joylashgan ziyoratgoh[1][2]. U Ali ibn Abu Tolibning uzoq avlodi boʻlgan va 10-asr islom olimi sifatida tanilgan Sayyid Ali ibn al-Hasanga bagʻishlab qurilgan[1]. Hozirgi bino 2017-yildan beri zamonaviy koʻrinishga ega[2].

Sayyid Ali 10—11-asrlarda vafot etgach, Buvayhiylar sulolasi davrida[3][4] qabriga ziyoratgoh qurilgan[4]. Oʻshandan buyon ziyoratgoh qarovsiz holatda qolgan, biroq u mahalliy aholi tomonidan tartibga keltirib turilgan[4]. 2017-yilda ziyoratgoh tubdan toʻliq rekonstruksiya qilinib, keng koʻlamli taʼmirlangan[4]. Ushbu yangi restavratsiya Shia ziyoratgohlari Bosh kotibi tomonidan amalga oshirilgan[4].

Sayyid Ali qabri atrofidagi zarih

Arxitekturasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbaraning kirish eshigi yon tarafida ikkita minora bor. Sayyid Ali qabri gumbaz ostida joylashgan boʻlib, uning qabri atrofida mis va kumushdan yasalgan zarih qurilgan.

  1. 1,0 1,1 „مرقد السيد علي الزكي في الكحلاء في ميسان“ (ar). almajer-alkaber.yoo7.com. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „السيد علي الزكي.. عالِمٌ فاضِل ونسبٌ طاهر“ (ar-IQ). مركز الاعلام الدولي. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
  3. „مرقد السيد علي الزكي في الكحلاء في ميسان“ (ar). almajer-alkaber.yoo7.com. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „السيد علي الزكي.. عالِمٌ فاضِل ونسبٌ طاهر“ (ar-IQ). مركز الاعلام الدولي. Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.