Sayyodiy
Qiyofa
Sayyodiy, Sayyodiy oʻgʻli, Sayyodiy oʻgʻli Harobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad) (17-asrning 2-yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlogʻi) — shoir. Ovchi (sayyod) oilasida tugʻilgan, oʻzi ham shu kasb bilan shugʻullangan. Shoirning ayrim sheʼrlari hamda "Tohir va Zuhra" dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq ogʻzaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot anʼanalari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat va insoniylik kuylangan, zoʻrlik va adolatsizlik qoralangan. Dostonga 50 dan ortiq gʻazal shaklidagi sheʼriy parchalar kiritilgan. Doston asosida musiqali drama (1938, Sobir Abdulla) va kinofilm (1950) yaratilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tohir va Zuhra, T., 1960.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nishonboyeva T., Poema Sayyadi "Taxir i Zuxra", T., 1965.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |