Sayyodxon va Hamro
Qiyofa
Sayyodxon va Hamro — oʻzbek, turkman, ozarbayjon va qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy-romantik doston. Uning bir necha varianti Xorazm baxshilaridan yozib olingan. 19-asrning 2-yarmi — 20-asrning boshlarida qoʻlyozma va litografik nashrlari tarqalgan. Dostonda Ozarbayjon hukmdorining oʻgʻli Hamro bilan Qizilolma yurtining malikasi Sayyodxon orasidagi sevgi sarguzashtlari hikoya qilingan. Asarda sevgi, sadoqat tuygʻulari, toʻgʻrilik, rostgoʻylik, vafo kabi hislatlar ulugʻlangan. Toshkentda (1914, arab yozuvida), Turkmanistonda (1960) bosilgan. Doston 1964-yilda oʻzbek tilida nashr etilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |