Sayyor
Sayyor – (Sayyorpoʻlat Fayzullayev) – 1932-yilda tugʻilgan, toshkentlik.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shoir, nosir
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1953-yilda birinchi sheʼri eʼlon qilingan. 1960-yilda „Qalb harorati“ nomli birinchi kitobi chop etilgan Oʻzbek, rus va boshqa tillarda oʻttizga yaqin sheʼriy va nasriy asarlari bosilib chiqqan. Jumladan:"Boshsiz haykal" (1961), „Fidoyingman“ (1962), „Qachon katta boʻlaman“ (1965), „Bir kecha xayoli“ (1965), „Oʻttiz yoshim“ (1968), „Hulkar“ (1969), „Parvona“ (1970), „Dengizdan tomchilar“ (1972), „Yillab kuyganim“ (1973), „Musaffo fasl“ (1978), „Bolgʻa zarbi“ (1982), „Odam borki…“ (1981), „Ancha katta bolaman“ (1982), „Chorraha“ (1985), „Umr qoʻshigʻi“ (1986), „Halollik va faollik“ (1989), „Uyqudagi tosh“ (1989) kabi sheʼrlar, qissalar va bolalar uchun yozilgan asarlarini keltirish mumkin.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyor 2001-yilda vafot etgan.[1]
- ↑ Fayzullayev, Sayyorpo'lat. O'zbek adiblari. "Fan" nashriyoti, 2007 — 128 - 129-bet. ISBN 974-9943-09-088-9.