Sayyor syujetlarga misollar
Qiyofa
Sayyor syujetlar nazariyasi uchun ba'zi misollar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]Malika yosh bolasi bilan, yoki homilador holda o`z mamlakatidan daryoga sandiq/bochkada oqizib yuborilgan, undan tug`ilgan farzand esa kelajakda komil insonga aylanadi:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Rustamxon" dostoni:
- Syujet: Bunda Xonning 3 ta xotini bo`ladi, ammo farzandlari bo`lmaydi. Kichkina xotinining homilador bo`lganligi sharafiga chet mamlakatga yurish boshlaydi. Bundan foydalangan kundoshlar ayyor kampirni yollab, xonning kichkina xotiniga nisbatan fitna qilishadi. Oqibatda safarda bo`lgan xon kenja xotinini dorga osishni buyuradi. Ammo Xonning farzandi - Rustamxon onasini qutqarib, tog`ga qochib ketishadi. Rustamxon ovchi bo`lib yetishadi, bir qizni ajdar changalidan qutqaradi. Yurishdan qaytgan xon haqiqatni aniqlagach kenja xotini va farzandidan kechirim so`rash uchun qalandar qiyofasida safarga otlanadi. Ularni topib yarashadi.
- O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, kamolotga erishgan farzand, otaning kechirim so`rab kelishi
- Farqlar: fitna sodir bo`lganda farzandning ulg`ayganligi va onasini qutqarishi
- Anius haqidagi yunon afsonasi:
- Syujet: Malika Reo va Xudo Apollonning farzandi. Qizining homiladorligini bilgan ota uni sandiqqa solib dengizga tashlaydi. Sandiq Delos oroliga kelib qoladi. Anius ulg`aygach otasidan folbinlik san'atini o`rganadi va Delos orolining hukmdoriga aylanadi.
- O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, sandiqqa tashlab yuborilganligi, kamolotga erishgan farzand, dengizga tashlanganda malikaning homilador ekanligi
- Farqlar: Ota tomondan fitna sodir etilishi
- Budok haqidagi rivoyat:
- Syujet: Brest qirolining naberasi. O`gay ona fitnasi sababli aldangan ota homilador qizi Azenorni bochkaga solib dengizga oqizib yuboradi. Azenorning ko`zi bochkada yoriydi. 5 oylik bochkadagi sayohatdan so`ng Irlandiya sohillariga kelib qoladi. Chaqaloqqa Budok - "suvdan qutqarilgan" ismini qo`yishadi. U yerda Azenor monastirda ishlay boshlaydi. O`lim to`shagida yotgan o`gay ona barcha qilmishlariga iqror bo`ladi. Azenorning eri xotinini qutqarish uchun Irlandiyaga boradi. U yerda ular yarashadi. Budok esa ulg`ayib avliyoga aylanadi.
- O`xshashliklar: malikaning qirollik oilasidan ekanligi, dengizga oqizib yuborilganligi, kamolotga erishgan farzand, homilador holatda dengizga tashlab yuborilgan malika
- Farqlar: Fitnaning o`gay ona tomondan sodir etilganligi, bochkaga solib dengizga oqizilishi
Shuningdek A. Pushkinning "Shoh Sulton haqidagi ertak"i ham shunday syujet asosiga qurilgan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |