Sayyora Sultonova
Sayyora Umarovna Sultonova | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1937-yil Тoshkent |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Mukofotlari |
Sayyora Umarovna Sultonova — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyora Umarovna Sultonova 1937-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Sultonova 1959-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1959-1989-yillarda usta, katta usta, seh boshligʻi, kasaba uyushmasi zavod qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, „Krasnaya zarya“ tikuv korxonasi direktori, xalq deputatlari Lenin tuman Kengashi ijroiya qoʻmitasi raisi, Toshkent shahar Frunze tuman partiya qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR ijtimoiy taʼminot vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Kengash raisining oʻrinbosari vazifalarida ham mehnat qilgan.
Sultonova shuningdek, 8-, 9-, 10- va 11-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashiga deputat etib saylangan.
Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi Oʻzbekistonda yashaydi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 34.