Sayyora Yunusova
Sayyora Yunusova | |
---|---|
Tavalludi |
1956-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Kasbi | Aktrisa, dublyaj ustasi |
Sayyora Yunusova — Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, teatr va kino aktrisasi, dublyaj ustasi.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyora Yunusova 1956-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1973-1977 yillarda Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutida tahsil olgan. 1999-yilda „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2021-yilda unga „O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“, 2022-yilda esa „Madaniyat va san’at fidokori“ ko‘krak nishoni topshirilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyora Yunusova 1977-yildan hozirgi kunga qadar Oʻzbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Teatr sahnasida 80 dan ortiq obrazlarni yaratgan. Uning ijrosidagi rollardan ayrimlari: „Al-Farg‘oniy“ spektaklida Firdavs, „Oltin devor“da Zuxra, „Gamlet“da Gertruda, „Bir koshona sirlari“da Dilora, „Zebuniso“da Zebuniso, „Bir qadam yo‘l“da Beg‘am, „Daraxtlar tik turib jon beradi“da Ameliya, „Bor ekanda, yo‘q ekanda“da Ertakchi, „Omon bo‘lgin, azizim“da ona, „Taqdir sinovlari“da Gulsum momo, „Tortardurman jabrimni“da advokat, „Bir qadam yo‘l“da Sayyora, „O‘tkan kunlar“da O‘zbekoyim, „Kuzgi maktublar“da Oynisa opa, „Alisher Navoiy“da enaga, „Oq kema“da kampir, „Chimildiq“da qaynona, „Abay“da Oykarim, „Jaloliddin Manguberdi“da enaga, „Urush odamlari“da Biydi momo, „Yulduzli tunlar“da Gavharshodbegim.
Aktrisa nafaqat teatr san’atidagi ijodi, balki kino sohasidagi ijodi bilan ham tanilgan. 40 dan ortiq badiiy filmlar va seriallarda ham obrazlar yaratib, tomoshabinlar eʼtiborini qozongan. „Otalar so‘zi, aqlning ko‘zi“ va „Dengizdan tomchi“ kabi teleko‘rsatuvlarda ham bir qancha rollarni ijro etgan. Filmlarda ijro etgan ba’zi rollari quyidagilar: „Changak“da ayol, „Bir fojia izidan“da Sevara, „Ko‘zlaring ma’yus“da ona, „Bobur“da ayol, „Chaqmoq“da Sardorning onasi, „Suv yoqalab“da Shahlo, „Shaytanat“da ona, „Jasur“da yo‘lchi ayol, „Gumroxlar“da Rahima ona, „Umid“da ona, „O‘g‘irlangan kelin“da sovchi ayol, „So‘zsiz sevgi“da ona, „Meni yolg‘iz qoldirma“da ona, „Yodgor“da ayol, „Pari momo“da momo, „Sotqin“da ona, „Ko‘rgim keladi“da ona, „Opa-singillar“da Ra’no, „To‘qlikka sho‘xlik-2“da ona[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Саёора Юнусова“. kino-teatr.ru. Qaraldi: 14-noyabr 2024-yil.