Kontent qismiga oʻtish

Sdr

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sdr (ing. Special Drawing Rights, SDR), maxsus qarz olish huquqlari — xalqaro zaxira va toʻlov vositasi. Xalqaro valyuta fondi (XVF) tomonidan chiqariladi. Birinchi marta 1970-yilda 9,5 mlrd. dollar, 1978—81 yillarda umumiy miqdori 21,3 mlrd. dollar miqdorida chiqarilgan. SDR tizimida faqat XVF ga aʼzo davlatlargina ishtirok etishlari mumkin. SDR faqat rasmiy, davlatlararo darajada amal qiladi va Markaziy banklar va xalqaro tashkilotlar tomonidan muomalada qoʻllanadi. SDR emissiyasi XVF Ijroiya kengashining xalqaro likvid zaxiralar yetishmay qolganligi va ularga Fondning maxsus hisobvaraqlarida kredit qaydlari koʻrinishida ehtiyojlarni baholash toʻgʻrisidagi xulosasiga koʻra amalga oshiriladi. SDRga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida ularning XVF dagi kvotalariga mutanosib holda taqsimlanadi. Mamlakatlarga SDR berilishi ulardan oltin yoki valyuta badallarini talab etmaydi, SDR ning amal qilishi davlatlararo kelishuvlarga asoslanadi. Shuningdek, XVF va uning boshqaruvchilari kengashi qaroriga koʻra, XVF ga aʼzo boʻlmagan mamlakatlar, rasmiy maqomga ega boʻlgan boshqa xalqaro, mintaqaviy va milliy muassasalar ham SDR dan foydalanishlari mumkin. Tijorat banklari va xususiy shaxslar SDR egalari boʻla olmaydi.

Dastlab SDR qiymati AQSH dollari oltin miqdoriga tenglashtirilgan. 1974-yil iyun oyidan uning kursi eng koʻp tovar va xizmatlar eksporta hajMwva x^lda. rasshhy otstal yajetaot taxiralariga ega boʻlgan 16 mamlakat valyutalarining oʻrtacha kursi asosida belgilanadigan boʻldi. Valyuta savati tarkibi va miqdoriy koʻrsatkichlari har 5 yilda qayta koʻrib chiqiladi.

.SDR qiymati va valyuta savati tarkibini anikdash oxirgi marta 2000-yil oktabr oyida oʻtkazilgan va 2001-yil yanvar oyidan kuchga kirdi. 2001—2005-yillar uchun SDR qiymati 4 asosiy valyuta (AQSH dollari, Bukj Britaniya funtsterlingi, yevro va Yaponiya iyenasi) boʻyicha har kuni London birjasida belgilanadi. 2003-yil 4 noyabr

da 1 SDR rasmiy kursi 1,43 AQSH dollariga teng boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi valyutasi — soʻmga nisbatan SDR kursi: 1 SDR =1460 soʻm 35 tiyin (2004, 20 yanvar). Farhod Qurbonov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil