Kontent qismiga oʻtish

Sebeos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

(VII asrning I yarmi) – Yepiskop; o‘zining tarixiy asarida VI-VII a. I yarmi voqealari haqida hikoya qiladi; 604-628 yillari Vizantiya bilan Armaniston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan voqealar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, Xusrav II Parviz (591-628) turish-turmushi va arablarning Armaniston ustiga qilgan birinchi yurishi; Eronning davlat tuzilishi va soliq sistemasi haqida ham muhim ma’lumotlar uchratamiz. Asar Xusrav II ga dushmanlik ruhida yozilgan.

Suriya manbalariga kelsak, avvalam bor shuni aytish kerakki, suryoniy tili aramey tilining bir shohobchasi, lahjasidir. Bu til dastlab II-III asrlardan boshlab Dajla bilan Frot oralig‘idagi yerlarda taraqqiy etdi. Bu hol Suriyada ham, Iroqda ham, xristianlikning keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Xristianlik g‘oyalari suryoniy tilida bitilgan barcha kitoblar mazmunida o‘z aksini topdi.

Yana bir gap. Suriyalik olimlar o‘zlari mustaqil tarzda yirik asarlar yaratmadilar. Lekin ular tarjimonlik faoliyati  (grekchadan pahlaviy tiliga, pahlaviychadan grek tiliga, so‘ng har ikkalasidan suryoniy tiliga) bilan Vizantiya, Eron, Gretsiya o‘rtasida ko‘prik, ya’ni vositachilik rolini o‘tadilar. IX asrga kelib ular pahlaviy va grek tilidagi kitoblarni arab tiliga tarjima qiladilar.[1]

  1. O‘RGANILAYOTGAN MAMLAKAT (MINTAQA) TARIXSHUNOSLIGI VA MANBASHUNOSLIGI (ERON).