Sehrli kvadrat
Qiyofa
Sehrli kvadrat — natural sonlardan iborat kvadrat. Natural sonlar p ta qator va p ta ustunga boʻlingan va hosil boʻlgan p2 kataklarga maxsus usulda yoziladi. Bunda har bir qator, har bir ustun va ikki bosh diagonaldagi sonlar yigʻindilari bir xil songa teng, yaʼni bu yigʻindi j p(p + 1) dan iborat va p soni Sehrli kvadratning tartibi deyiladi. p=3 dan boshlab har qanday p uchun Sehrli kvadrat qurish mumkin. Bu kvadratlar mil. av. 2200-yilcha ilgari paydo boʻlib, arablar bu kvadratlarni sehrli yoki moʻʼjizali deb atashgan. Sehrli kvadrat, asosan, qiziqarli matematikada qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |