Kontent qismiga oʻtish

Sekeshfexervar

Koordinatalari: 47°12′0″N 18°25′0″E / 47.20000°N 18.41667°E / 47.20000; 18.41667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sekeshfexervar
Skyline of Sekeshfexervar
Sekeshfexervarning bayrogʻi
Bayroq
Sekeshfexervarning rasmiy gerbi
Gerb
47°12′0″N 18°25′0″E / 47.20000°N 18.41667°E / 47.20000; 18.41667
Hukumat
 • mer Andrash Cher-Palkovich
Maydon 170.89 km2 (65.98 kv mi)
Telefon kodi

+36 22

kenglik =
[[File:|290px|Sekeshfexervar xaritada]]
Szekesfehervar

Sekeshfexervar ( veng.: Székesfehérvár [ˈseːkɛʃfɛˈheːrvaːr]) — Vengriyadagi shahar, Feyer okrugining ma’muriy markazi. Aholisi – 99 060[1] (2014-yil holatiga ko‘ra) nafar kishi. O‘rta asrlarda Sekeshfexervar Vengriyadagi eng muhim shahar, podshoh qarorgohi joylashgan. Shaharda 37 ta shoh toj kiygan, 15 ta hukmdor dafn etilgan.

Geografiya va transporti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar Budapeshtdan 65 kilometr janubi-g‘arbda, Dunayning g‘arbiy tekisligida, taxminan poytaxtning yarim yo‘li va Balaton ko‘li orasida joylashgan. Sekeshfexervar — yirik temir yo‘l kesishmasi bo‘lib,  Budapesht  mamlakatning eng yirik shaharlari,  avtomobil va temir yo‘l orqali bog‘langan.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahar nomini vengercha "Oq taxt shahri" deb tarjima qilish mumkin. Lotinchada "Alba Regiya" ma’nosini beradi, bu nom  o‘rta asrlarda ma’lum bo‘lgan. Vengercha szék "taxt" degan ma’noni anglatadi va oldingi Vengriya shahar tarixidagi rolini aks ettiradi, qachonki u qirollarning turar joyi bo‘lgan. Vengercha fehér  — "oq", veng. vár —  "qal’a", "shahar"degan ma’noni anglatgan. Turklar hukmronligi davrida shahar Belgrad yoki Istolni Belgrad nomi bilan tanilgan. Avstriya imperiyasi davrida shahar Shtulvaysenburg (nem. Stuhlweißenburg) deb atalgan.

Avliyo Anna cherkovi - shahardagi eng qadimiy binolardan biri

Rim imperiyasi davrida Sekeshfexervar o‘rnida aholi turar joyi bor edi. Bugungi kundagi Vengriya shahri 972-yilda, afsonaga ko‘ra, ularni zamonaviy Vengriya hududiga ko‘chirishga boshchilik qilgan vengerlarning yetakchisi Arpad chodiri joylashgan yerda tashkil etilgan. Shaharga Arpadning evarasi - knyaz Geza asos solgan. Shahar haqida birinchi qo‘lyozma 1009-yilga to‘g‘ri keladi. 970-yillarning oxirida Geza o‘z qarorgohini Estergomga ko‘chirdi, ammo bu Sekeshfexervar so‘nishiga ta’sir etmadi. Aksincha, shahar tez sur’atlar bilan yuksala bordi, avliyo Ishtvan davrida shaharda sopol qo‘rg‘onli qal’a, ulug‘vor ehromlar (1039) urilgan. Ishtvan hukmronligi davrida Sekeshfexervar shahar haq-huquqlarini oldi.

O‘rta asrlarda Vengriya qirollari Sekeshfexervarda toj kiyishgan. Shaharda jami 37 ta toj kiydirish marosimi o‘tkazildi (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra 38 ta). Pyotr Orseolo birinchi bo‘lib 1038-yilda toj kiygan bo‘lsa, 1526-yilda so‘nggisi toj egasi — Yanosh Zapolyai edi. Mahalliy soborda 15 ta qirol dafn etilgan, ular orasida — avliyo Ishtvan I, Bela II, Buyuk Layosh, Matyash Korvin va boshqalar bo‘lgan.

1222-yilda bu joyda qirol Andrash II tomonidan "Oltin buqa" chiqarildi, u zodagonlarning huquqlari va qirollik majburiyatlarini kafolatlaydi. 1848-yilgacha unga Vengriya Konstitusiyasi asos qilib olingan edi.

1242-yilgi mo‘g‘ullar bosqini shaharga jiddiy zarar yetkazmadi, bosqinchilar atrofni suv bosgani bois,  katta toshqin tufayli Sekeshfexervarni aylanib o‘tishga majbur bo‘ldilar. Shaharning gullab-yashnashi XVI asrda turklar bosqiniga qadar davom etgan.

1543-yilda turk qo‘shinlari Sekeshfexevarni qamal qildi va uzoq qamaldan keyin shaharni egalladi. Ular tomonidan binolarning aksariyati vayron qilingan, saqlanib qolgan cherkovlar esa masjidlarga aylantirilgan. Podshohlarning qabrlari talon-toroj qilingan va vayron qilingan, porox omboriga aylangan ehrom esa yong‘in va portlashdan so‘ng chaqmoq urishidan keyin butunlay vayron bo‘lgan.  

1688-yilda shahar turklar bo‘yinturug‘idan ozod qilindi[2]. XVII asr oxiri XVIII asr boshlarida shahar qayta barpo etildi, Avstriya barokkosi uslubi yetakchi bo‘ladi. Shaharning sezilarli darajada kamaygan venger aholisi nemis va serb mustamlakachilarining kirib kelishi evaziga qoplandi. 1777-yilda shahar episkopning qarorgohiga aylandi, markaziy maydonda esa hashamatli saroy bo‘y cho‘zadi. XIX asrga kelib, shahar aholisi 12 ming nafar kishidan oshdi.

Ikkinchi jahon urushi paytida shaharni yangi sinovlar kutayotgan edi. 1945-yil boshida Sekeshfexervar va uning atrofida 5-tank diviziyasi (4-tank korpusi) va 3-Ukraina fronti 4-gvardiya armiyasining 21-gvardiya o‘q otish korpusi qo‘shinlari (1945-yil yanvarda[3]) o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lib o‘tadi va mart oyida 6-tank qo‘shini va 2 va 3-Ukraina frontlari qo‘shinlari o‘rtasida (Balaton mudofaa operasiyasi) urush olib boriladi. Isyon paytida shahardagi binolarning deyarli yarmi vayron bo‘ladi, 10 ming nafardan ortiq aholi halok bo‘ladi. Shahar qabristonidagi ommaviy qabrlarga 4138 sovet askarlarining jonsiz tana qoldiqlari, shu jumladan ikki nafar Sovet Ittifoqi Qahramonlari dafn etilgan[4] .

Urushdan keyingi davrda shahar qayta qurildi. Shaharning tarixiy markazidagi barokko binolari qayta tiklandi, shaharning qolgan qismi esa sosialistik mamlakatlarga xos zamonaviy tipik turar-joy binolari bilan barpo qilinadi. Sekeshfexervar yirik sanoat markaziga aylantiriladi. «Ikarus» avtobus zavodi va «Videoton» teleradio uskunalari zavodi shahardagi eng ahamiyatli korxonalari sanaladi. 1970-yillarning oxirlarida shahar aholisi birinchi marta 100 ming nafar kishidan oshadi.

90-yillarga kelib, sosialistik tuzum qulagandan so‘ng, shahar va uning sanoati og‘ir inqirozni boshdan o‘tkazadi. Zamonaviy Sekeshfexervar — zamonaviy sanoat va yuqori texnologiyalarga yo‘naltirilgan shahar bo‘ladi.

  1. Ежегодное издание «Административная Венгрия», Центральное Статистическое Бюро, 2014.
  2. Alban Butler, Paul Burns (2000). Butler's Lives of the Saints. p. 159. ISBN 0-86012-256-5.
  3. East Prussia Or Silesia?. The Times, 23 January 1945
  4. Виктор Сокирко. „Венгерский погост России“. Комсомольская правда (2012-yil 14-noyabr). 2015-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-fevral.