Kontent qismiga oʻtish

Sekst empirik

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sekst empirik (Sextus Empiricus) (taxminan 200—250) — yunon faylasufi, shifokori, qad. klassik skeptitsizm vakili. Aleksandriya va Afinada yashagan. Pirrondan tortib Enesidemgacha boʻlgan yunon skeptiklarining fikrmulohazalarini toʻplagan va tizimga solgan, mantiqning dastlabki tarixchilaridan. "Matematiklarga qarshi" asarida S.E. grammatika, ritorika, geom., arifmetika, astronomiya, musiqa nazariyasini tanqid qiladi, shuningdek, ayrim mantiqiy, fizika va axloqqa oid taʼlimotlar, x.atto xudo tushunchasi va barcha liniy eʼtiqodlarga eʼtiroz bildiradi. U hayotda beparvo boʻlishni,. tabiiy ehtiyojlar, mayllar, mavjud tartib va udumlarga boʻysunishni targʻib qilgan. Uning fikricha, baxt — ruhiy xotirjamlik va muʼtadil xohishdan iborat.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil