Kontent qismiga oʻtish

Sekstet

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sekstet (lot. sexta — oltinchi) 1) olti ijrochi (sozanda yoki xonanda)dan iborat ansambl; 2) shu ansambl ijrosiga moʻljallangan musiqa asari. Ilk namunalarini italyan kompozitori L. Bokkerini (1743—1805) yaratgan. Cholgʻu S. kamer musiqa turi boʻlib, odatda, sonata turkumi shaklida yoziladi(mas, P. Chaykovskiyning "Florensiya xotiralari" torli Si). Vokal S.lar, asosan, operada uchraydi (mas, V. Motsartning "Don Juan" operasidagi S). Oʻzbekiston kompozitorlaridan I k. Akbarov va boshqa S. yaratgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil