Sekulyarizatsiya
Sekulyarizatsiya (lotincha. zeasikpz-dunyoviylik)- Uyg‘onish davrida Yevropada keng tarqalgan qarash bo‘lib ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, inson ongi va faoliyatida dunyoviylik ta’sirining kuchayib borish jarayonini ifoda etadi. Rim imperiyasi va o‘rta aslarda Yevropada cherkovning yakka hukmronligiga qarshi shakllangan bo‘lib, davlat bilan cherkovning bir-biridan ajratilishi, diniy tashkilot faoliyat doiralarining qisqartirilishi, S.ga xos xususiyatlardir. Jamiyat hayotida o‘sha davrda diniy xizmatlar va ibodatlarning kamayishi, fuqarolik ishlarini davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi adabiyot, san’at va axloqda dunyoviylik rolining oshib borishi S. bilan bog‘liq. S.- ijtimoiy munosabatlar rivoji bilan bog‘liq bo‘lib, ilm-fan va texnikaning o‘sishiga to‘siq bo‘lgan jarayonlar o‘rnini yangilik egallashi natijasida ro‘y beradi. Jamiyat hayotida din rolining pasayishi, ayniqsa, Uyg‘onish va Reformasiya davrlarida yaqqol ko‘zga tashlandi. Yevropadagi inqiloblar cherkov mulklarini davlat foydasiga musodara qilishi, dinni davlatdan, maktabni cherkovdan ajratish, har bir fuqaroning xohlagan diniga e’tiqod qilish, ya’ni vijdon erkinligini ta’minlash kabi maqsadlarni amalga oshirdilar. Yangi asr sivilizatsiyasi jahon xalqlari hayotini tubdan yangiladi. Bugungi kunda jamiyatshunos olimlar xristian dinining sekulyar holatga tushishi yaqin orada barham topishi yoki o‘z shaklini o‘zgartirishi haqidagi fikr-mulohazalarni bildirmoqda. Islom an’anaviy tarqalgan mintaqalarda S. bilan bog‘liq jarayonlar o‘ziga xos xususiyatlariga ega[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 337.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |