Kontent qismiga oʻtish

Soniya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sekunddan yoʻnaltirildi)
Soniya
s
Umumiy maʼlumot
Kattalik vaqt
Tizim SI
Belgisi s
Soniya Vikiomborda

Soniya, Sekund (belgilanishi: s) — SI xalqaro birliklar sistemasining oʻlchov birliklaridan biri hisoblanib, vaqtni oʻlchaydi.

Sekund, sekunda (lot. secunda divisio — ikkinchi boʻlish) — 1) vaqt oʻlchov birligi. s, sek bilan belgilanadi. S. oʻrtacha Quyosh sutkasining 1/86400 qismiga teng: 1 sek = 1/60 min = soat. 20-asr 30 yillarida kvars soati yordamida Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis harakatlanishi isbotlandi. Shu asosda, Xalqaro astronomiya kengashining tavsiyasiga koʻra, 1960-yil oktyabr oyida Parijda boʻlib oʻtgan 11 Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasi vaqtning asosiy oʻlchov birligi — efemerid S.ning yangi taʼrifini qabul qildi. Unga koʻra, S oʻlchovi qilib 1900tropik yil (qarang Yil) ning 0yanvar, efemerid vaqt bilan soat 12 dagi 1/31556925,9747 qismi qabul qilindi. Molekulyar va atom soatlari paydo boʻlishi bilan 1967-yil 13Xalqaro oʻlchov va ogʻirlik bosh konferensiyasida atom S.ining davomliligi qilib, tashqi maydonning toʻlqinlanishi nol boʻlganda yagona barqaror izotop seziy l33Cs atomlarining maʼlum energetik satxlar orasida oʻtishiga mos nurlanishining 9192631770,0 davri olindi (verguldan keyingi nol bu sonning kelgusida oʻzgarmasligini biddiradi); 2) yassi burchak oʻlchov birligi (qarang Gradus). 60~2 gradusga yoki 60~’ minutga teng, 1 S. (") bilan belgilanadi.[1]

Bir soniyada nima roʻy berishi mumkin?

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yorugʻlik nuri vakuumda 299 792 458 metr mafosani bosib oʻtadi (Qarang:Yorug'lik tezligi)
  • Yer Quyosh orbitasi boʻyicha 29 785,9 metrga teng yoʻl bosadi (Qarang:Yer)
  • Kvarst soatlari kristallari 32 768 marta tebranadi
  • 1 soniya 1900-yilgi Yerning Quyosh atrofida aylanish vaqtining 1 / 31 556 925,9747 qismiga taqriban tengdir
  • Atom massasi 133 ga teng seziyning, oʻtishi mos keladigan ikkita maʼlum atomlar orasida, 9 192 631 770 ga teng davrda nurlanish hosil boʻladi
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil