Kontent qismiga oʻtish

Seleksiya koʻchatzori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Seleksiya koʻchatzori - qiyosiy baholash, koʻpaytirish va ayrim eng yaxshi oʻsimliklarning nasllarini tanlab olish uchun duragaylarning uchinchi va undan keyingi avlodlari ekiladigan maydon. Birinchi, ikkinchi va uchinchi yilgi Seleksiya koʻchatzori boʻladi. Seleksiya koʻchatzori barcha seleksiya muassasalarida barpo etiladi. Birinchi yilgi Seleksiya koʻchatzoriga ikkinchi yilgi biologik koʻchatzordan tanlab olingan eng yaxshi seleksiya materiali ekiladi. Bu koʻchatzordan ajratib olingan oilalarni ikkinchi yilgi Seleksiya koʻchatzoriga ekiladi. Seleksiya koʻchatzori uchun sogʻlom va kasallik yuktirilgan maydonlar tanlab olinadi. Mazkur koʻchatzorda har bir oila 40—50 uyali qatorga ekiladi, uyalarda bittadan nihol qoldiriladi. Qiyosiy baholash uchun har 9 qatordan soʻng standart nav ekiladi. Oʻsuv davrida 3—5 marta dala koʻriklari oʻtkaziladi, nihollarning 50% unib chiqishi, gullashi va pishishi hisobga olinadi. Material morfologik va xoʻjalik belgilari boʻyicha oʻrganiladi, shuningdek, oilalarning pishish muddati, hosildorligi, kasalliklarga chidamliligi va boshqa belgilariga qarab yaroqsizlari ajratib olinadi.

Soʻngra seleksiya materiali nazorat koʻchatzoriga, navni dastlabki kupaytirish koʻchatzoriga va st-yadagi nav sinovi dalalariga utkaziladi.

Bahodir Normatov.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil