Selenodeziya
Selenodeziya (yun. selene — Oy va daio — boʻlaman) — Oy oʻlchamlari va shakllari urganiladigan fan sohasi. S. tadqiqotlari, asosan, 3 yunalishda olib boriladi: 1) Oy inersiyasi ellipsoidi oʻrganilib, uning ichki tuzilishiga doir bir necha koʻrsatkichlari aniklanadi; 2) sathiy sirtlardan birida ogʻirlik kuchining parametrlari aniklanadi; Oy hajmiga teng hajmga ega bulgan sathiy sirt selenoid deyiladi. Inersiya ellipsoidi va selenoid Oyning dinamik shakllarini ifodalaydi; 3) Oyni uning tashqi fizik sirti bilan aniklanadigan shakli tahlil qilinadi. Bunday shakl geometrik shakl deyiladi va uning parametrlari aerofotosʼyomka va kosmik geodeziya oʻlchashlariga oʻxshash aniqlanadi. Oyga kosmik apparatlarning uchirilishi Oy atrofidagi kosmik fazoda va bevosita uning sirtida oʻlchashlar olib borish imkonini berdi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |