Kontent qismiga oʻtish

Sellyuloza efirlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sellyuloza efirlari - sellyuloza gidroksil guruhini alkillash yoki atsillash natijasida olingan mahsulotlar, umumiy formulasi [S6N7O2 OR3] (oddiy Sellyuloza efirlari) va [S6N7O2 (OCOR)3]n (murakkab Sellyuloza efirlari). Oddiy Sellyuloza efirlarini sintez qilishning asosiy usuli ishqorli sellyulozaga galogenalkillar yoki alkil sulfatlar taʼsir ettirishdan iborat. Bu jarayon yuqori (80—120°) temperaturada olib boriladi. Oddiy Sellyuloza efirlari 30-50% li NaOH muhitida olinadi. Eterifikatsiya 5—10 soat davom etadi.

Murakkab Sellyuloza efirlarini sintezlashda kislota yoki ularning angidrid va xlorangidridlari eterifikatsiyalovchi reagent vazifasini oʻtaydi. Murakkab Sellyuloza efirlarining eng koʻp ishlatiladigani ularning mineral kislotalar, mas, nitrat kislota bilan birikmasi nitrotsellyuloza. Sellyuloza efirlari qogʻoz, toʻqimachilik, lok-boʻyoq sanoati va boshqa sohalarda ishlatiladi.