Kontent qismiga oʻtish

Selom

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Selom (yun. koiloma — chuqurlik, boʻshliq) — ikkilamchi tana boʻshligʻi, koʻp hujayrali hayvonlar (halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, ignaterililar, pogonoforalar, xordalilar va boshqalar)da tana devori bilan ichki organlar oraligʻidagi boʻshliq. S. mezodermadan hosil boʻlgan epiteliy devor bilan chegaralangan; selomik suyuqlik bilan toʻlib turadi, tashqi muhitga maxsus naychalar — selomoduktlar orqali ochiladi. S. tana devori, muskullari uchun tayanch (gidrostatik skelet); organizm ichki muhitining biokimyoviy turgʻunligini taʼminlaydi. Bundan tashqari, bir qancha ikkinchi darajali: oziqlantirish, ayirish, nafas olish, jinsiy va boshqa funksiyalarni bajaradi. S.ga ega boʻlgan hayvonlar ikkilamchi tana boʻshliqli, yaʼni selomik hayvonlar deyiladi.