Kontent qismiga oʻtish

Sema

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sema (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi. Mas, "atrof" leksemasining maʼnosi (sememasi) "hamma" va "tomon" S.laridan iborat. Yoki "daraxt" leksemasining sememasi "predmet", "oʻsimlik", "erda oʻsuvchi", "tanali", "ildizli", "shoxli", "bargli" va boshqa S.lardan tashkil topadi. Maʼlum leksiksemantik guruhga oid sememalardagi S.lar shu sememalar uchun umumiy yoki xususiy ekaniga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi; umumiy, birlashtiruvchi (integral) S. va farqlovchi (differensial) S. Umumiy S. — bir semantik maydondagi sememalarning tutashtiruvchi Sema Mas, aka, opa, singil kabilardagi "qarindoshlik" Sema Chopmoq, oqmoq, sakramoq kabilardagi "harakat" Sema Farqlovchi S. — koʻp maʼnoli soʻz sememalaridan har birining oʻziga xos boʻlgan, ular sememasini birbiridan farqlaydigan S. Mas, aka, uka soʻzlari kattakichiklik S.si bilan, opa, aka soʻzlari esa jins S.si bilan farqlanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil