Seminollar
Seminollar (inglizcha: Seminole) Floridada joylashgan hind qabilasi boʻlib, hozir Oklaxomada yashashadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Seminollar — Jorjiyada qadim zamonlardan beri yashab kelgan, okonee qabilasining bir tarmogʻi hisoblanadi. 1685-yilda okonee jamoalaridan biri Chattaxuchi daryosi boʻylab pastga koʻchganlar. 1716-yilda okonee guruhi Florida shtatidagi Alaxua okrugiga koʻchib oʻtishgan. Shundan keyin Seminollarning nomi kelib chiqqan. Keyinchalik ularning safi hozirgi Jorjiya, Missisipi va Alabama shtatlaridan kelgan Kriklik hindular, shuningdek, Janubiy Karolina va Jorjiyadan ketgan qochqinlar, qora tanli qullar, bilan kengaygan.
XIX asrning oʻrtalarida Seminollarning koʻpchiligi AQSh hukumati tomonidan Floridadan Oklaxomadagi hind rezervatsiyasiga majburan koʻchirilgan. Qabilaning kichik bir qismi — 300 dan 500 kishigacha — Florida janubida Evergladesda qolgan va AQSh armiyasiga qattiq qarshilik koʻrsatishgan, bunda, Seminollar bilan janglarda 1500 ga yaqin askarini yoʻqotgan. Florida Seminollari AQSh hukumatiga baribir taslim boʻlmagan va gʻururlanib oʻzlarini „Boʻysunmas xalq“ deb atashgan — ular Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan rasmiy tinchlik shartnomasini imzolamagan yagona mahalliy amerikalik qabiladir. Shu bilan birga, Seminollar beshta sivilizatsiyalashgan qabilalarning biri hisoblanadi. Amerika fuqarolar urushi davrida Seminollar ham Ittifoq ham Konfederatsiya tomonlarida qatnashgan.
Taxminan 12 000 kishidan iborat Seminollar qabilasi, Florida va Oklaxomada, yerlarga ega. Qabilaning asosiy biznes manfaatlari tamaki, turizm va qimor oʻyinlaridir.
2006-yilda qabila dunyoga mashhur Hard Rock Cafe restoranlar tarmogʻini 965 million dollarga sotib olgan[1].
Bugungi kunda Florida shtatida 3100 ga yaqin va Oklaxomada 6000 ta Seminollar bor. Floridadagi rezervatsiyalar: Brighton, Immokali, Big Cypress, Hollywood, Tampa va Fort Pirs.
Adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tomas Mayn Rid . Osceola, Seminollar boshligʻi
- Mak Reynolds. Yaxshi hind
- Kirk Monro. flamingo tuki
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Maxon, Jon K.; Brent R. Veysman (1996). Floridaning Seminole va Miccosukee xalqlari. Gannon, Maykl (Tahr.). Floridaning yangi tarixi, p. 183-206. Florida universiteti matbuoti. ISBN 0813014158.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Seminol vaqti (Wayback Machine saytida 25-fevral 2020-yil sanasida arxivlangan)
- Seminole Nation of Oklahoma rasmiy veb-sayti (Wayback Machine saytida 20-iyun 2018-yil sanasida arxivlangan) Arxivnaya kopiya -da arxivlangan
- Florida shtatidagi Seminole qabilasi rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2011-09-02 sanasida arxivlangan)
- Seminole Indians — Jahon raqamli kutubxonasi
- „Shimoliy Amerika janubidagi Hindiston ishlari boʻlimi boshligʻi kapitan Tomas Braunga Yuqori Krik va Quyi Krik va Seminollar tomonidan Hindiston hududining sovgʻasi“
- 1928-yil Seminolning hayoti haqidagi „Evergladesdagi hayot epizodlari“ haqidagi ovozsiz hujjatli film
- Eddi Billi | Addie Billie — „Jahon raqamli kutubxonasi“