Kontent qismiga oʻtish

Semyon Bagdasarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Semyon Arkadyevich Bagdasarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1954-yil 20-noyabr
SSSR, Oʻzbekiston SSR, Fargʻona viloyati, Margʻilon shahri
Fuqaroligi Oʻzbekiston, Rossiya
Siyosiy partiyasi partiyasiz
Kasbi bsiyosatshunos, tarixchi, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari muammolari boʻyicha ekspert, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqot markazi direktori

Semyon Arkadyevich Bagdasarov (1954-yil 20-noyabr, SSSR,Oʻzbekiston SSRFargʻona viloyati, Margʻilon) – rossiyalik siyosatshunos, tarixchi, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari muammolari boʻyicha ekspert, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari tadqiqot markazi direktori[1].

Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisining 5-chaqiriq Davlat Dumasi deputati, fuqarolik, jinoiy, arbitraj va protsessual qonunchilik qoʻmitasining aʼzosi (2007-yil 2-dekabr – 2011-yil 26-dekabr). Zaxiradagi polkovnik.

Oʻrta Osiyoning Fargʻona vodiysi Margʻilon shahrida arman oilasida tavallud topgan[1].

1976-yilda Ulyanovsk tank maktabini tamomlagan. Qrimdagi Odessa harbiy okrugidagi tank vzvodi komandiri, keyinchalik rota komandiri, diviziya siyosiy boʻlimi boshligʻi yordamchisi, alohida raketa diviziyasining siyosiy xodimi lavozimlarida faoliyat olib borgan[1]. 1986-yilda Harbiy-siyosiy akademiya, 1988-yilda Harbiy Qizil bayroq instituti kurslarini (til kurslaridan dariy tili kursi) tamomlagan[2].

1993-yilda Tojikiston va Afgʻonistonning olis togʻli hududlarida xizmat qilgani uchun Rossiya Prezidentining maxfiy farmoni bilan Jasorati uchun ordeni bilan mukofotlangan[3]. 1995-yilda harbiy xizmatdan polkovnik unvoni bilan zahiraga oʻtkazilgan.

1995-yildan 1996-yilgacha – MDH ishlari boʻyicha Rossiya Federatsiyasi Hamkorlik vazirligining Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan hamkorlik boʻlimi boshligʻi[4].

1998-yilning mart oyidan aprel oyiga qadar – MDHning Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita boshqaruvi raisining yordamchisi.

1998-yilda – Rossiya Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari (Y. D. Maslyukov).

1999-yilning oktyabridan 2000-yilning yanvarigacha – Rossiya Federatsiyasi federatsiyalar va millatlar ishlari boʻyicha vazirining maslahatchisi.

2000-yil yanvar oyidan 2001-yil iyul oyiga qadar – Sanoat, qurilish va yuqori texnologiyalar boʻyicha Davlat Dumasi qoʻmitasining maslahatchisi.

2001-yil sentyabr oyidan 2002-yil dekabr oyigacha – gubernator oʻrinbosari, Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Nijniy Novgorod viloyati maʼmuriyati vakolatxonasi rahbari.

2007-yilning iyul oyidan dekabr oyigacha – „Adolatli Rossiya uchun!“ jamoat birlashmalari ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi raisi.

2007-yilning 2-dekabrida Bagdasarov „Adolatli Rossiya: Vatan/Pensionerlar/Hayot“ siyosiy partiyasi tomonidan ilgari surilgan nomzodlarning federal roʻyxati boʻyicha Rossiya Federal Majlisi beshinchi chaqirigʻida Davlat Dumasi deputatligiga saylangan. „Adolatli Rossiya“ fraksiyasi aʼzosi, Davlat Dumasining fuqarolik, jinoiy, arbitraj va protsessual qonunchiligi qoʻmitasi aʼzosi. „Adolatli Rossiya uchun!“ jamoat birlashmalari ittifoqi Ijroiya qoʻmitasi raisi.

Mukofotlari va ragʻbatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xalqaro xavfsizlik xizmati boʻyicha 5-Moskva konferensiyasida Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasi boshlig'i Sergey Rudskiy bilan (2016-yil 27-aprel)
  • Bagdasarov S. A. „Blijniy Vostok: Vechniy konflikt“ / Salyaxova E.. – M.: Eksmo, 2016. – 288 s. – ISBN 978-5-699-86858-2.
  • Bagdasarov S. A. „Blijniy Vostok: Perezagruzka“ / Salyaxova E.. – M.: Eksmo, 2016. – 288 s. – ISBN 978-5-699-92841-5.
  1. 1,0 1,1 1,2 „Архивированная копия“. 2021-yil 24-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-oktyabr.
  2. Personalii – politicheskaya partiya SPRAVYeDLIVAYa ROSSIYa
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „© 2011—2014 | www.sabagdasarov.ru“. 2015-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 22-sentyabr.
  4. „Семён Багдасаров — депутат и патриот“. 2019-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-oktyabr.
  5. Ukaz Prezidenta RF B. N. Yelsina № 1645, ot 27 sentyabrya 1993 goda
  6. Vipiska iz prikaza MO RF № 308, ot 27 maya 2016 goda
  7. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR, v/ch 32059, ot 09.05.1978
  8. Ukaz Prezidiuma Verxovnogo Soveta SSSR ot 23.02.1988
  9. Prikaz MO SSSR № 182, v/ch 89610, ot 17.12.1990
  10. Ukaz Prezidenta RF, Ts № 18105096, ot 26.10.1999
  11. Prikaz UFSB Rossii po Moskve i oblasti, № 482, ot 11.08.2006, n/z № 482
  12. Prikaz Direktora FSKN RF № 509, ot 24 noyabrya 2009 goda, ud.№ 611
  13. Prikaz Direktora FSKN RF № 460, ot 24 noyabrya 2014 goda, ud.№ 2225