Semyon Chungak
Semyon Chungak | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 2-yanvar 1949-yil |
Tugʻilgan joyi | Toshkent, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi | SSSR Rossiya |
Kasbi | aktyor, rejissyor |
Faoliyat yillari | 1961– |
Semyon Roshelyevich Morduxayev (Chungak) (1949-yil 18-fevral, Toshkent) – sovet va rus teatr va kino aktyori, teatr rejissyori, Rossiya xalq artisti (2007)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semyon Morduxayev (Chungak) 1949-yil 18-fevralda Toshkentda yahudiy Morduxayevlar oilasida tavallud topgan. Ota-onasi Roshel va Sara Morduxayevlar Alisher Navoiy nomidagi Davlat opera va balet teatrida chiqish qilishgan.
Semyon birinchi marta 9 yoshida „Ganga qizi“ filmida koʻcha bolasi Umesh rolini oʻynagan.
Roshelyevich maktabdan soʻng Moskvaga borib, M. S. Shepkin nomidagi oliy teatr maktabiga oʻqishga kirgan va uni 1972-yilda tamomlagan.
1977-yildan „Romen“ teatrida aktyor va rejissyor boʻlib faoliyat olib borgan[2].
Semyon bir muncha vaqt „Ermitaj“ teatrida ham rol oʻynagan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Semyon Roshelyevichning otasi Roshel Sionovich Morduxayev (1910-1979), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist, qo'shiqchi boʻlgan. Onasi – Sara Musheyeva (Morduxayeva), oʻzbek sovet balerinasi edi. Akasi – Boris Roshelevich Morduxayev (Toshkent) (1937–2021), Rim teatri aktyori va rejissyori, RSFSR xalq artisti.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Morduxayev 1997-yil Rossiyada xizmat koʻrsatgan artist va 2007-yil Rossiya Federatsiyasi xalq artisti unvoni sohibi boʻlgan[3].
Teatrdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktyor
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Tabor bez gitari" – muxbir Aleksey
„Bolshaya valna Ganga“ – Shina
„Vojak“ – Ferdik
„Chari“ (povesti asosida „Olesya“) – Ivan Timofeyevich
„Moskovskaya tsiganka“ – „Intellektual“
„Grafinya Tsiganka“ – Don Xose
„Grushenka“ – Firibgar
„Zdravstvuy, Pushkin!“ – Vogel, Foks
„Klyatva“ – Vanta
„Toborniye igri“ spektaklida yetaklovchi kabi rollarini ijro etgan.
Rejissyor
[tahrir | manbasini tahrirlash]E. Egadzening „Begite, koni, begite“ va „Osleplonniye“ nomli pyesalariga asoslanib, spektakl qoʻygan va unga rejissyorlik qilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Чунгак, Семён Рошельевич“. Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
- ↑ „Чунгак Семен Рошельевич“. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ „Указ Президента Российской Федерации от 08.03.2007 г. № 281“ (ru). Администрация Президента России. Qaraldi: 2021-yil 8-noyabr.