Kontent qismiga oʻtish

Sendan qolgan xotira (film, 2015)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Sendan qolgan xotira

Sendan qolgan xotira- 2015-yilda Abdulla Oğuz tomonidan suratga olingan turk filmi.[1] Bosh rollarda Ekin Koch va Neslihan Atagül ishtirok etgan ushbu filmda 2006-yilda suratga olingan Janubiy Koreyaning "Millionerning birinchi muhabbati" filmidan foydalanilgan.[2] Elif va Oʻzgurning sevgi tarixini hikoya qiluvchi film 2015-yilning 17-aprelida ilk marta namoyish etilgan.[1]

Filmda turlicha dunyo odamlari sifatida koʻrsatilgan ikki qarama-qarshi qahramonning sevgi hikoyasi tasodif bilan boshlanadi. Oʻzgur marhum bobosidan qolgan merosni olish uchun bobosi oʻlimi oldidan vasiyat sifatida qoldirgan shartni bajarishi kerak. Buning uchun esa u Chanoqqal’aning Adatepe qishlogʻida bir yil yashashi kerak. Shu sababdan qishloqqa kelgan Oʻzgur shu yerda Elif bilan uchrashadi, tanishadi. Birinchi uchrashuvda past nazar bilan qaragan qiziga koʻngil qoʻya boshlaydi. Shunday qilib, ikki yoshning sevgi hikoyasi boshlanadi va bu muhabbat hikoyasi taʼsirli holatda Elifning oʻlimi bilan yakun topadi.

  1. 1,0 1,1 „Ekin Koç’un Yeni Filmi Senden Bana Kalan Vizyona Girdi!“ (Türkçe). Haber Sırası. 22 haziran 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 nisan 2015.
  2. „Bir Milyonerin İlk Aşkı’ndan Senden Bana Kalan…“. Medya faresi. 1 aralık 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17 nisan 2015.