Kontent qismiga oʻtish

Sensitometriya

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sensitometriya — fotografik metrologiyaning yoruglik sezgir materiallarning fotografik xossalarini oʻrganish bilan shugʻullanadigan sohasi. Keyinchalik S.ning oʻrganish sohalari kupaya bordi (fotometriya usullari astronomiya, spektroskopiya va boshqa sohalarga tatbiqqilinadi). Sensitometriya 3ta asosiy bulim: densitometriya, integral Sensitometriya va spektral Sdan iborat. Integral Sensitometriya fotofafik materialga tabiiy yorugʻlik yoki boshqa xil yorugʻliklar taʼsirini tekshirish bilan, spektral Sensitometriya turli toʻlqin uzunlikdagi yorugʻlikning fotomaterialga bir tekis taʼsir qilishini aniklash bilan shugʻullanadi. Tekshirilayotgan fotomateriallarning xiliga qarab, S. oqqora materiallar, rangli fotomateriallar, fotoqogʻozlar hamda ionlashtiruvchi nurlanishlarni qayd qiladigan Sensitometriyaga boʻlinadi. S.da densitometr, mikrofotometr, sensitometr, spektrosensitometr va boshqa asboblar ishlatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil