Sent-jorjes
Qiyofa
(Sent-Jorjesdan yoʻnaltirildi)
Sent-jorjes — Grenada poytaxti. Aholisi shahar atrofi bilan 40 ming kishi. Iqlimi subekvatorial dengiz iqlimi, oʻrtacha oylik temperatura 25—28°. Yillik yogʻin 1500 mm. Karib dengizi sohilidagi port (chetga kakao, muskat yongʻogʻi, banan chikariladi). Avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat sanoati korxonalari, VestIndiya universiteti fakulteti bor. Turizm rivojlangan. Shaharga 1650-yilda asos solingan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |