Kontent qismiga oʻtish

Tegusigalpa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

TegusigalpaGonduras poytaxti. Choluteka daryosi vodiysida, 1000 m balandlikda joylashgan shahar. Iqlimi tropik, issiq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi 19,6°, iyulniki 22,6°), yiliga 1047 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 813,9 ming kishi (1990-yillaroʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari (gʻisht, marmar plitalar) ishlab chiqariladi. Universitet, Gonduras akademiyasi, Geografiya va tarix akademiyasi, milliy muzey, milliy kutubxona va boshqa bor.

Tegusigalpaga XVI asrning ikkinchi yarmida ispanlar asos solgan. XVIII asrda shahar yaqinida kumush, marmar va oltin konlarining topilishi uni tez oʻsishyga sabab boʻldi. 1880-yildan Gonduras poytaxti. Meʼmoriy yodgorliklardan SanMigel sobori (XVIII asr), cherkov (XVIII—XIX asr), saroylar saqlangan.