Kontent qismiga oʻtish

Sentromera

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sentromera (lot. centrum, kentro va meros — boʻlak, qism), kinetoxor — mitoz yoki meyoz boʻlinishda xromosomalarning qutblarga siljishini taʼminlovchi qismi. S.ga boʻlinish duki ipchalari (mikronaychalar) birikadi. [[Xromosomalar S.ning joylashgan oʻrni bilan bir-biridan farq qiladi; bundan xromosomalarni tasnif qilishda foydalaniladi (qarang [[Xromosomalar). S.ning joylashishiga qarab yelkalar (telomerlar) uzunligi oʻzgaradi. S.ning joylashgan oʻrniga koʻra xromosomalar akrotsentrik, metatsentrik, submetatsentrik boʻladi. S. joyining oʻzgarishidan xromosoma mutatsiyalarini aniqlashda foydalaniladi.