Kontent qismiga oʻtish

Sepiolit

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sepiolit — silikatlar sinfiga mansub gilli mineral. Murakkab zanjirli, qatqat strukturali. Kimyoviy formulasi Mg4[Si6Ols]6H2O. Baʼzan Mg ioni Fe2+, Fe3+, Ni, Al, Cu ionlari bilan almashadi va u holda ferrisepiolit, alyumosepiolit, nikelsepiolit va boshqa nomlar bilan yuritiladi. Qattikligi 2—3; zichligi 2,1—2,2 g/sm³. Ipaksimon, mumsimon yaltiraydi. Rombik sistemada kristallanadi. Undan tashqari zich yoki gʻovak, juda yengil agregatlar ("dengiz koʻpigi") shaklida ham uchraydi. Aridli va yarimaridli iqlim sharoitida tuproqda, dengiz va boshqa shoʻr suvli havzalarda, gilli karbonatlardan tarkib topgan choʻkindi jinslarda hamda serpentinitlarni yemirilishidan hosil boʻladi. Nikelga boy S. turlari silikatli nikel rudalari tarkibiga kiradi. Oʻzbekistonda keng tarqalgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil