Kontent qismiga oʻtish

Serb-xorvat tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Serb-xorvat tili — jan. slavyan tillaridan biri; ayrim olingan xalqqa nisbatan xorvat tili yoki serb tili deb qoʻllanishi mumkin. Serbiya, Xorvatiya, Chernogoriya, BosniyaGersegovinada, shuningdek, Amerika va Avstraliyada tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 17 mln. kishidan ortiq. Bu tilning , asosan, 3 laqjasi bor: shtokav, chakav, kaykav; ular orasidagi tafovutlar slavyanlarda x,ali yozuv boʻlmagan davrda paydo boʻlgan.

Serb-xorvat tilit.ning unlilar tizimi choʻziq va qisqa unlilarning mavjudligi, unlilar sifatining urgʻuli hamda urgʻusiz holatlarda oʻzgarmasligi, boʻgʻin hosil qiluvchi r tovushining borligi bilan ajralib turadi. 25 ta undoshdan 20 tasi qattiq, 5 tasi yumshoq xususiyatga ega. Ismlar (ot, sifat, son, olmosh) kelishik bilan turlanadi, feʼl zamonlari murakkab tuslanish shakllariga ega; tuslanadigan va tuslanmaydigan feʼllar mavjud. Gapda soʻz tarkibi erkin. Serb-xorvat tilit.ning lugʻat boyligida umumslavyan soʻzlar bilan birga italyan, rumin, yunon, turk, arab, fors tillaridan oʻzlashgan soʻzlar ham anchagina.

Hozirgi adabiy Serb-xorvat tilit. 19-asrning 1-yarmida shtokav lahjasi asosida yaratilgan. Adabiy tilda koʻplab fonetik, morfologik va leksik variantlar uchraydi. Adabiy til hududiy milliy xususiyatlarning majmui sifatida yashasa ham, unda xorvatcha unsurlar oʻzining barqarorligi bilan ajralib turadi.

Glagolitsa va kirillitsada bitilgan eng qad. yodgorliklar 12-asrga mansub. Serb-xorvat tilit. da lotin va Kirill grafikalari asosidagi 2 alifbo teng darajada qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil