Kontent qismiga oʻtish

Serbiya va Kosovo o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitim

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Imzolangan sanasi 2020-yil 4-sentabr
Imzolangan joyi AQSh, Vashington, Oq uy qarorgohi
Imzolangan
Tomonlar
Tillari Ingliz tilida

Serbiya va Kosovo o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni normallashtirish to'g'risidagi bitim (inglizcha: Kosovo and Serbia economic normalization agreements) yoki Vashington kelishuvi (inglizcha: Washington Agreement)[1] — Serbiya va Kosova o'rtasidagi savdo munosabatlarini yaxshilash borasidagi kelishuvdir. AQSHning vositachiligida imzolangan[2]. Hujjat 2020-yil 4-sentabrda Oq uydagi AQSh prezidenti qarorgohida imzolangan[3].

Imzolash jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 4-oktabrda AQShning prezidenti Tramp Richard Grenellni prezidentning Serbiya va Kosovo tinchlik muzokaralari boʻyicha maxsus vakili etib tayinladi[4]. Bir necha oy davom etgan diplomatik muzokaralardan soʻng, 2020-yil 20-yanvar kuni Grenell Serbiya va Kosovo oʻrtasidagi birinchi marta oʻz poytaxtlarini bog'laydigan parvozlarni qayta tiklashga kelishib olganini e'lon qildi. 2020-yil 27-iyun kuni ikki tomon oʻrtasida tinchlik sammiti Vashingtonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan edi. Biroq Abdul Hotiga qarshi urush jinoyatlari bo'yicha ayblovlar e'lon qilinganligi sababli sammit bekor qilindi.

Oq uyda bo'lishi tashkillashtirilgan yangi sammitga Grenell mezbonlik qildi va 2020-yil 3- va 4-sentabr kunlariga rejalashtirilgan edi. Grenell Robert O'Brien bilan birgalikda muzokaralarni sammit doirasida olib bordi. 4-sentabr kuni kelishuvlarni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Kosovo bosh vaziri Avdulla Hoti imzoladi. Imzolash marosimi 2020-yil 4-sentabr kuni Oq uyning Oval kabinetida Prezident Tramp ishtirokida boʻlib oʻtdi. Ularning orasidagi yagona farq Isroil bilan munosabatlarga oid yakuniy kelishuvlari bo'lgan ikkita hujjat imzolangan edi. Har ikki hujjat boshida Trampning tabriknomasi keltirilgan.

Qo'shma Shtatlar boshchiligidagi iqtisodiy muzokaralarni olib borayotgan Kosovo va Serbiya davlatlari bir vaqtning o'zida Yevropa Ittifoqi boshchiligida ikki tomon o'rtasidagi siyosiy kelishmovchiliklarga qaratilgan muloqotni ham davom ettirdi[5].

Imzolangan kelishuvlar shartlariga ko'ra, Serbiya boshqa davlatlarni Kosovoni tan olmaslikka yoki oldindan Kosova bilan o'rnatilgan munosabatlarni bekor qilishga undash uchun rasmiy va norasmiy sa'y-harakatlarini bir yilga amalga oshirmaslikka rozi bo'ldi. Kosova esa Xalqaro tashkilotga a'zo bo'lmaslik majburiyatini oldi. Shuningdek kelishuvda, 1998-1999-yillardagi Kosovo mojarosi paytida bedarak yoʻqolganlarni qidirish va aniqlash hamda, urush qochqinlarni reabilitatsiya qilish majburiyatlarini ham bor edi.

Kosovo va Serbiya Belgrad-Pristina temir yoʻl tarmogʻini Adriatika sohilidagi dengiz portiga ulashning turli variantlari boʻyicha qoʻshma texnik-iqtisodiy ishlarni kelishib oldi. Ikkala tomon ham AQSh bilan hamkorlikni kengaytirishni kelishib oldi. Ushbu kelishuv doirasida Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari Eksport-import banki oʻrtasida “Tinchlik” magistrali, Prishtina-Merdare temir yoʻli, Nis-Pristina temir yoʻli, kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish va boshqa loyihalarni amalga oshirish boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumlari imzolandi. Serbiya va Kosova chegarasidagi Merdar maʼmuriy nazorat-oʻtkazish punkti ham foydalanishga topshirilishi kelishib olindi. Qo'shma Shtatlar har ikki tomonga strategik infratuzilmasini rivojlanishini moliyalashtirish uchun AQSh hukumati tomonidan kafolatlangan kreditlar taqdim etildi. Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi Belgradda doimiy vakolatxonaga ega boʻlishi belgilandi.

Serbiya-Kosova ham havo yo'lovchilarini tekshirishni kuchaytirishi belgilandi. AQShning Bolqondagi hamkorligi doirasida o'zaro ma'lumot almashiniladi va noqonuniy harakatlarga qarshi kurashish uchun yangi texnalogiyalarni o'rnatishga kelishib olinadi.

Shuningdek, ular AQSh Energetika vazirligi bilan birgalikda Gazivoda va Ujmani ko'lidan ishonchli suv va energiya manbai sifatida birgalikda foydalanish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslash ishlarini tashkil etish belgilangan.

Ushbu kelishuvlar doirasida Serbiya va Kosovo kichik-Shengen hududiga kirishga rozi bo'lishdi.

Har ikki tomon mamlakatlaridagi diplomlari va kasbiy sertifikatlarini tan oladigan bo'lishdi.

Serbiya davlati 2021-yil iyul oyida Isroil davlatidagi elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirib o'tishga, Isroil va Kosovo esa bir-birini tan olishga va diplomatik munosabatlar oʻrnatishga kelishib oldi. Kosovo ham Quddusda o'z elchixonasini ochishi kerak edi. Bu kelishuv Serbiyani Quddusda elchixonasi bo'lgan birinchi Yevropa davlati va Kosovoni Quddusda elchixonasini ochgan dastlabki musulmon davlatiga aylantirdi.

Serbiya va Kosova oʻz mobil tarmoqlaridan “ishonchsiz sotuvchilar” tomonidan taqdim etilgan 5G texnalogiyalarini olib tashlashi va kelgusida bunday sotuvchilarga savdo qilishni taqiqi qo'yiladi. Bu yerda gap Serbiya va Kosovoda faoliyat yuritayotgan "Huawei Technologies" singari Xitoy kompaniyalari haqida ketayapti.

Serbiya va Kosova ham diniy erkinlikni himoya qilish va joriy qilish, jumladan, konfessiyalararo aloqalarni tiklash, diniy obidalarni himoya qilish va yahudiylarning xolokost natijasida olib qo'yilgan mulkilarini qaytarib berish ishlarini davom ettirish majburiyatini oldi.

Shartnomalarda, shuningdek, Serbiya va Kosovo davlatlari Hizbullohni terrorchi tashkilot deb e'lon qilishi va butun dunyo bo'ylab gomoseksualizmni erkinlashtirishni qo'llab-quvvatlash qoidalari ham kelishuvga kiritilgan edi.

Kelishuvga bo'lgan xalqaro munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qabul qilganlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Isroil: Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu kelishuvlarni mamnuniyat bilan qabul qildi va shartnomani shunday dedi: "Quddusdagi elchixonasini ochadigan ko'plab musulmon davlatlari ichidagi birinchi mamlakat. So'nggi vaqtlarda aytayotganimdek, Isroilni tan olinishi doirasi kengayib bormoqda va boshqa ko'plab davlatlar unga qo'shilishlari kutilmoqda"[6]
  • Kosova: Kosovo Bosh vaziri Avdulla Hotining so'zlariga ko'ra, bitimlarni imzolash"Kosovo va mintaqa uchun ajoyib vaqt" edi. 2020-yil 19- sentabrda Prezident Hoti Trumpni Kosovo oliy mukofotlaridan biri bo'lgan Ozodlik ordeni bilan Bolqon mintaqasida tinchlik va yarashuvni mustahkamlashga qo'shgan hissasi uchun mukofotladi.[7] Robert O'Brien va Richard Grenell ham prezident tomonidan medallar bilan taqdirlandilar va prezident Tachi ularni bitimning "ajralmas" deb atadi.
  • Rossiya: Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Serbiyani Kosovoga qarshi ochiq qo'llab-quvvatlashini tasdiqladi[8], biroq, Rossiya ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning iqtisodiy normallashuvini ham mamnuniyat bilan kutib oldi[9].
  • Serbiya: Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchichning aytishicha, bitimlar "oldinga qo'yilgan katta qadam" edi.
  • AQSh: AQSh Prezidenti Trump kelishuvlarni maqtab, "bu haqiqatdan ham tarixiy kun" ekanini va "ko'plab janglar tugagani va hozir juda ko'p muhabbat borligini" qo'shimcha qildi. Iqtisod odamlarni bog'laydi».[10]

Norozi davlatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Falastin:Falastin tashqi ishlar vazirligi va chet eldagi fuqorolar bilan ishlash vazirligi AQSh Prezidenti Donald Trumpning Serbiya va Kosovo hukumatini Quddusdagi elchixonalarni ochishi haqidagi bayonotini qoraladi va Falastin xalqiga, uning ishlariga va adolatli va qonuniy milliy huquqlariga qarshi asossiz tajovuz" deb baholadi[12]. Bunga javoban, Falastinning Serbiyadagi elchisi Muhammad Nabxon shunday dedi: "bu bayonot, agar amalga oshirilsa, xalqaro huquq va BMTga zid ishlarga aylanadi. Falastin masalasi va Quddusni bosib olingan shahar sifatida qabul qilishdir".[13]
  • Turkiya Serbiyaning Isroilning elchixonasini Quddusga ko'chirish haqidagi qaroridan tashvish bildirdi va uni "xalqaro huquqning to'g'ridan-to'g'ri buzilishi"deb ta'rifladi[14]. Turkiya, shuningdek, Kosovo Quddusda Isroil elchixonasini ochmaslikka chaqirdi[15].

Boshqacha munosabat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • YeI:2020-yil 7-sentabr Bryusselda Prezident Aleksandr Vuchich va Bosh vazir Avdulla Hotining birgalikdagi bayonot berishicha, ular Yevropa Ittifoqiga qo'shilish va Belgrad-Prishtina dialogini Yevropa Ittifoqi ko'magida davom ettirishga katta ahamiyat berishadi. Yaqinda Vashingtonda muzokaralar olib borgan oldingi muloqot majburiyatlariga asoslaniladi[16][17]. Shu kuni Yevropa Ittifoqi Serbiya va Kosovani Isroil elchixonalarini Quddusga ko'chirish orqali Yevropa Ittifoqiga a'zo bo'lish imkoniyatlarini kamaytirishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Serbiya tashqi ishlar vaziri Ivica Dacich, yakuniy qaror hali hukumatda muhokama qilinishi kerakligini va "bir qator omillarga", jumladan, Isroil bilan aloqalarning kelajakdagi rivojlanishiga bog'liqligini aytdi[18]. Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo'yicha vakili Piter Stano shunday dedi: "shu nuqtai nazardan, YeIning Quddusdagi umumiy pozitsiyasini shubha ostiga qo'yadigan har qanday diplomatik harakatlar jiddiy tashvish va pushaymonlikni keltirib chiqaradi"[19].
  1. The «Washington Agreement» Between Kosovo and Serbia
  2. Wood, Vincent. „Serbia and Kosovo agree to normalise economic ties in US-brokered deal“. The Independent (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
  3. „Serbia, Kosovo agreement“, CNN, 4-sentabr 2020-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ().
  4. Bayer, Lili „Trump names Ric Grenell his special envoy for Serbia and Kosovo – POLITICO“. Politico.eu. Qaraldi: 2020-yil 1-mart.
  5. „WATCH: Trump officials hold press conference on Serbia-Kosovo economic deal“. PBS (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 5-sentabr 2020-yil.
  6. Landau, Noa. „Israel to Recognize Kosovo, Which Will Open Embassy in Jerusalem Along With Serbia“. Haaretz (4-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 4-sentabr 2020-yil.
  7. „Kosovo awards Trump with Order of Freedom for peace efforts“. Associated Press (2020-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 18-sentyabr.
  8. „Russia comfirms it fully back Serbia's sovereignty over Kosovo“ (en). GREEK CITY TIMES.
  9. Teslova, Elena „Russia welcomes Serbia, Kosovo economic normalization“ (en). ANADOLU AGENCY (2020-yil 9-sentyabr).
  10. „Serbia, Kosovo sign economic pact at White House“, Hurrıyet daily news.
  11. „Arab League Slams Serbia, Kosovo Decision to Move Their Embassies to Occupied Jerusalem“. Al Bawaba (2020-yil 6-sentyabr).
  12. „وزارة الخارجية والمغتربين//دولة فلسطين تدين املاءات ترامب على صربيا وكوسوفو، وموافقتهما بخصوص التطبيع ونقل السفارة للقدس.“. وزارة الخارجية والمغتربين.
  13. „"העברת השגרירויות תפגע בפלשתינים"“. www.israelhayom.co.il. Qaraldi: 2020-yil 7-sentyabr.
  14. „Turkey concerned over Serbia's relocation of embassy to Jerusalem“. WAFA Agency.
  15. „Turkey 'disappointed' by Kosovo's move to recognise Israel“ (2020-yil 6-sentyabr).
  16. „Belgrade-Pristina Dialogue: Joint Statement by President A.Vučić and Prime Minister A.Hoti ahead of their meeting in Brussels“ (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.
  17. „Serbia, Kosovo commit to EU talks on normalizing ties“ (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.
  18. „EU Warns Serbia, Kosovo Over Unexpected Israel Embassy Move“ (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.
  19. „EU Warns Serbia, Kosovo Over Unexpected Israel Embassy Move“. Aljazeera (7-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.