Sergelidagi portlash
Sergelidagi ombor portlashi | |
---|---|
Portlash yuz bergan omborning yongʻindan keyingi koʻrinishi | |
Asosiy | |
Turi | Portlash |
Sababi | Yongʻin |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Joy | Sergeli, Toshkent |
Sana | 28-sentabr 2023-yil |
Vaqt | 2:43 |
Talofatlar | |
Halok boʻlganlar | 1 |
Jabrlanganlar | 163 |
Xarita | |
| |
Sergelidagi portlash Vikiomborda |
Sergelidagi portlash — Toshkent shahri, Sergeli tumani, „Quruvchilar“ dahasi hududida joylashgan Inter Logistics MCHJga qarashli omborxonada kelib chiqqan kuchli yongʻinga sabab boʻlgan portlash. Portlash 2023-yilning 28-sentyabr kuni soat 02:43 da kelib chiqqan. Soat 02:48 da FVBga qarashli 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 avtonarvon yongʻin yeriga yetib kelgan[1][2]. Yongʻin 18,4 gektar yer maydonida joylashgan omborxonaning taxminan 10 000 kv. metr qismini qamrab olgan. Sergeli tuman hokimligi aholidan oʻzlarini ehtiyot qilishini soʻragan[3].
Hodisa tafsilotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergeli tumani hududida joylashgan Inter Logistics MCHJga tegishli omborxona binosida 2023-yil 28-sentyabr kuni soat 02:43 da kuchli portlash yuz bergan. Yongʻinni oldini olish maqsadida milliy gvardiya otryadlari ham jalb etilgan[4]. Yongʻinni soʻndirish ishlariga, shuningdek, mudofaa vazirligiga tegishli vertolyot ham jalb etilgan[5]. Yongʻin tonggi soat 05:02 da toʻliq qurshab olingan[3]. Yuz bergan portlash aeroport faoliyatiga taʼsir qilmagan.
Jabrlanganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portlash natijasida 163 kishi turli darajada jarohat olgan[6]. Shuningdek, omborxonaga yaqin boʻlgan koʻp qavatli uylarning birida istiqomat qiluvchi 15 yoshli maktab oʻquvchisining boshiga rom tushib ketishi oqibatida halok boʻlgani xabar qilindi[7].
Jinoiy ish qoʻzgʻatilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergeli tumanida yuz bergan portlash yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan jinoiy ish ochilgan. Jinoiy ishga Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi „a“ hamda „b“ bandlari (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) asos qilib olingan[8]. Portlash omborda saqlanayotgan kimyoviy moddalarning xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasdan saqlanganligi tufayli kelib chiqqani xabar qilingan[9].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Сергелидаги портлаш ва ёнғин оқибатлари. Фото ва видеолар“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ Ўзбекистон, Sputnik „Сергелидаги портлаш эпицентри қандай кўринишда — видео“ (uz). Sputnik Ўзбекистон (28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ 3,0 3,1 uz, Daryo „“Vaziyat to‘liq nazoratga olingan” — Toshkent hokimligi Sergelidagi portlash haqida“ (uz-latn). Daryo.uz. 2023-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Sergelidagi portlash oqibatlarini bartaraf etishga Milliy gvardiya jalb etildi (video)“ (uz). Qalampir.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Sergelidagi portlash joyidan fotoreportaj“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ RIA Novosti(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Сергелидаги портлаш оқибатида 15 ёшли бола вафот этган“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2023-yil 28-sentyabr.
- ↑ „Sergelidagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi — IIV“ (uz-Latn). Газета.uz (2023-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.
- ↑ „Sergelidagi portlashga omborda saqlangan kimyoviy moddalar sabab bo‘lgan – OAV“ (uz-UZ). www.xabar.uz. Qaraldi: 2023-yil 1-oktyabr.