Sergey Georgiyev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Sergey Georgiyev | ||
Tavallud sanasi | 20-dekabr 1991-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Gagauziya, Moldova [2] | ||
Boʻyi | 176 sm | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Vazni | 68 kg | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Gagauziya-Oguzsport | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2008—2013 | Sherif | 91 | (13) |
2013—2014 | Tiraspol | 4 | (2) |
2013—2014 | → Dinamo Avto | 19 | (1) |
2014— | Sherif | 9 | (0) |
2015 | → Navbahor | 11 | (2) |
2015 | Buxoro | 6 | (2) |
2015–2016 | Sherif | 0 | (0) |
2016 | Gagauziya-Oguzsport | - | (-) |
2016–2018 | Dinamo-Auto | 29 | (0) |
2019–2022 | FC Olimp | ||
Milliy terma jamoa | |||
– | Moldova (U 21) | 5 | (2) |
2011— | Moldova | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Sergey Georgiyev (rumincha: Serghei Gheorghiev; 1991-yil 20-dekabr, Gagauziya Moldova) — moldaviyalik futbolchi, yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.
Klub faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergey futbolchlik faoliyatini 2008-yilda u „Sherif“ klubida tarkibida boshlgan[3]. 2008-yilda yoshlar jamoasidan u asosiy tarkibga koʻtarildi. 2008/2009-yilgi mavsumda ilk bor Moldova birinchi ligasida debyut qildi. 2008/2009, 2009/2010, 2011/2012 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda u Sherif jamaosi bilan birgalikda uchta Moldova chempionligini qoʻlga kiritdi. Sherif bilan birgalikda 2008/2009 va 2009/2010-yilgi mavsumlarda ham ikki marta Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. 2013-yil iyun oyida Moldavaning boshqa bir jamoasi „Tiraspol“ klubiga oʻtdi. Keyinchalik Tiraspol jamoasidan „Dinamo-Avto“ jamoasiga ijaraga berildi[4]. 2014-yil iyun oyida u Sherif klubiga qaytdi. 2015-yilning mart oyida u Oʻzbekiston oliy ligasining „Navbahor“ klubiga yil oxirigacha ijaraga berilgandi[5]. 11-tur uchrashuvida „Qoʻqon 1912“ga qarshi oʻyinda jamoasiga gʻalaba keltirdi[6]. 2015-yilning iyul oyida Oliy liganing boshqa bir jamoasi „Buxoro“ klubi safida oʻtdi. Buxoro jamoasida 6 uchrashuvda 2 ta gol urib jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi. 2016-yilgi mavsum oldidan vataniga, sobiq jamoasi „Sherof“ klubi tarkibiga qaytdi. 2022-yil Gagauziya Oguzsport jamoasi bilan shartnma imzolagan.
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]U 2008—2010-yillarda Moldova yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan, yoshlar terma jamoasi tarkibida 5 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan. 2011-yil 9-fevralda u Moldova milliy terma jamoasi safida Andorra terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[7].
Yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Moldova chempioni (4) : 2009, 2010, 2012, 2013
- Moldaviya kubogi sohibi (2) : 2009, 2010
- Moldaviya Superkubogi sohibi (4) : 2003, 2004, 2005, 2007
- Moldova Superkubogi finalchisi (1) : 2014
- Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (1) : 2009
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ http://www.englandfootballonline.com/Seas2010-20/2013-14/M0922Mol2013.html
- ↑ http://www.transfermarkt.co.uk/sergiu-gheorghiev/profil/spieler/98977
- ↑ „Serghei Gheorghiev“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
- ↑ „«Шериф» посадил в автомобиль полузащитника“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
- ↑ „Сергей Георгиев отдан в аренду клубу из Узбекистана“ (Russian). www.fc-sheriff.com/. FC Sheriff Tiraspol (2015-yil 18-mart). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
- ↑ „Сергей Георгиев забил очередной гол в составе узбекского "Навбахора"“. moldfootball.com (2015-yil 8-iyun). 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
- ↑ „Serhei Gheorghiev > Internationals“. Worldfootball.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- FC Sheriff veb-saytidagi profil
- Serghei Gheorghiev Soccerway saytida futbolchi profili
- Transfermarkt Transfermarkt saytida futbolchi profili
- Futbol maʼlumotlar bazasidagi profil(ingl.) )