Kontent qismiga oʻtish

Sergey Kanash

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sergey Stepanovich Kanash (1896.23.9 – Toshkent – 1975.30.10) — seleksioner olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi (1952) va VASXNIL (1948) akademik, Oʻzbekiston (1944) va Tojikiston (1946) Respublikalarida xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻrta Osiyo universitetining qishloq xoʻjaligi fakultetini tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasida seleksioner, assistent (1925 – 29), SoyuzNIXIning Markaziy seleksiya stansiyasi sektor mudiri (1930-38), ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1939–41), direktori (1942–57), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi va biologiya fanlari boʻlimi raisi (1956–60), Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti direktori (1960–64). Kanash gʻoʻzaning serhosil, viltga va gommozga chidamli 8517, 8582, 8427, S-460, S-1579, S-1622, 18819, S-450555, S–1472, S–1225 va boshqalar navlarini yaratdi; ilmiy ishlari gʻoʻza biologiyasi, seleksiyasi va urugʻchiligi, har xil xromosomali gʻoʻza turlarini duragaylash usullari masalalariga bagʻishlangan.[1]

  1. "Kanash Sergey Stepanovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Mejvidovaya gibridizatsiya v predelax raznoxromosomnix vidov xlopchatnika, M. – T., 1932.