Sergey Mavrodi
Sergey Mavrodi | |
---|---|
Tavalludi | 11-avgust 1955 |
Vafoti | 26-mart 2018 |
Fuqaroligi | SSSR va Rossiya |
Otasi | Panteley Mavrodi |
Sergey Panteleyevich Mavrodi (1955-yil 11-avgust, Moskva, SSSR – 2018-yil 26-mart, Moskva, Rossiya) – bir qancha moliyaviy piramidalarning asoschisi, siyosatchi va yozuvchi. Rossiyadagi eng yirik moliyaviy piramida hisoblangan „MMM“ OAJning yaratuvchisi sifatida tanilgan. „MMM“ OAJdan zarar koʻrganlar soni 10-15 million kishi va yetkazilgan zarar baʼzi maʼlumotlarga koʻra 3 milliard rublgacha boradi.
2003-yilda katta miqdordagi firibgarlikda ayblangan[1][2] va sud jarayonida 10 454 kishi jabrlanuvchi deb topildi.
1994-1995 yillarda Davlat Dumasining deputati boʻlgan va Ukrainada „Xalq poytaxti“ va „MMM“ partiyalariga (ukraincha: Ми Маємо Мету) asos solgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sergey Panteleyevich Mavrodi 1955-yil 11-avgustda Moskvada tavallud topgan. Millati: onasi tomonidan rus, otasi tomonidan yarmi ukrain va yarmi yunon[3]. Otasi – Panteley Andreyevich Mavrodi (1980 yilda oʻpka saratonidan vafot etgan), onasi – Valentina Fedorovna Mavrodi (niya Monaxova) – (1986 yilda jigar saratonidan vafot etgan)[4]. Kichik ukasi – Vyacheslav (1962 yilda tugʻilgan).
"MMM"
[tahrir | manbasini tahrirlash]1989-yilda SSSRga import qilingan kompyuterlar va butlovchi qismlar bilan savdo qiluvchi " MMM " kooperativiga asos solgan[5]. Vaqt oʻtishi bilan turli faoliyat sohalarida yana bir necha oʻnlab tijorat tuzilmalari yaratildi. 1992-yilda " MMM " aksiyadorlik jamiyati roʻyxatga olindi va keyinchalik Rossiya tarixidagi eng yirik moliyaviy piramidaga aylandi. Ushbu moliyaviy piramidadan tahminan 10-15 milliongacha odam jabr koʻrgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yil 26-mart kuni Sergey Mavrodi Moskvaning Polikarpov koʻchasidagi avtobus bekatida yurak ogʻrigʻi sabab tez yordam chaqirildi. Shifokorlar Mavrodini tunda 67-sonli Moskva shahar kasalxonasiga olib borishdi va u yerda yurak xurujidan vafot etgan.
Kitoblari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2007 – "Vsya pravda o „MMM“ – istoriya pervoy piramidi". ISBN 978-5-7905-5074-4
- 2008 – „Iskushenie“, ISBN 978-5-353-03368-4
- 2011 – „Sin Lyutsifera“, ISBN 978-5-9573-2281-8
- 2012 – „Iskushenie-2“, ISBN 978-5-9573-2500-0
- 2013 – „PiraMMMida“, ISBN 978-5-9573-2597-0
- 2015 – „Lucifer’s Son“ (Book One), ISBN 9781942981619
- 2016 – „Lucifer’s Son“ (Part 2), ISBN 9781942981817
Televideniyeda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2007 – „Pust govoryat“[6]
- 2010 – „V gostyax u Dmitriya Gordona“[7]
- „Moya pravda“[8]
- „Gordon Kixot“[9]
- „K baryeru“ – Aleksandr Xinshteyn protiv Sergeya Mavrodi[10]
- 2023 – „Mavrodi. Mif i chelovek“ [11]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „В квартире Сергея Мавроди идет опись имущества“. www.lenta.ru. 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
- ↑ „Мавроди Сергей Пантелеевич“. Комитет пострадавших дольщиков. 2012-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-aprel.
- ↑ „Бизнес-секреты: Сергей Мавроди“ (ru-RU). 2021-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-sentyabr.
- ↑ „Биография Мавроди Сергея Пантелеевича ~ Эталон стабильности МММ“. 2019-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-may.
- ↑ Ольга Тимирчинская. „Пирамида лжи: как разваливалась МММ“. Газета.ru (2019-yil 23-iyul). — „Кооператив был зарегистрирован в Ленинском исполкоме Москвы и первоначально занимался вовсе не финансами, а торговлей импортной оргтехникой, ввозя в СССР компьютеры и комплектующие.“. 2022-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-fevral.
- ↑ Анютка Зарва. „Пусть говорят - Сергей Мавроди (2007)“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ В гостях у Гордона. „Сергей Мавроди. "В гостях у Дмитрия Гордона". 1/2 (2010)“. 2020-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ МММ. „"Моя правда" Сергей Мавроди“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ MMMEmpire. „Сергей Мавроди в передаче Гордон Кихот | mmm-empire.com“. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ Vladimir Nefedov. „К барьеру - Александр Хинштейн против Сергей Мавроди“. 2019-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-dekabr.
- ↑ „Okko представил премьеру документального сериала о Сергее Мавроди“ (ru). Афиша. 2023-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tvorchestvo Sergeya Mavrodi[sayt ishlamaydi]
- Mavrodi, Sergey – statya v Lentapedii. 2012 god.
- Andrey Vandenko. Svetoten Mavrodi // „Noviy Vzglyad“ : gazeta. – Moskva, 1994. – № 141. – S. 01.
- Doljnik Mavrodi ne jelaet vozvraщat obmanutim vkladchikam 4 mlrd rubley i skrivaetsya ot sudebnix pristavov-ispolniteley[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka) (nedostupnaya ssilka s 23-05-2013 [3767 dney]) Upravlenie federalnoy slujbi sudebnix pristavov po g. Moskve, 11.01.2011.
- IA Finmarket „Mavrodi zayavlyaet o planax rasplatitsya po vsem dolgam piramidi MMM-94 i drugix finansovix piramid“
- Mavrodi S. P. Kniga "ISTORIYa „MMM“" 2004.
- Mavrodi S. P. Kniga "Mi. Rossiya. „MMM“…" 1995[sayt ishlamaydi] (nedostupnaya ssilka) (nedostupnaya ssilka s 23-05-2013 [3767 dney] – istoriya, kopiya).
- Georgiy Mxeidze. Dengi – eto bumaga // Bolshoy gorod : jurnal. – Moskva, 2010.
- „Последнее интервью Мавроди: «Финансовый апокалипсис — лучшая благотворительность для общества» | ForbesLife“. Forbes.ru (2018-yil 26-mart). Qaraldi: 2020-yil 22-may.
- 65 let so dnya rojdeniya Sergeya Mavrodi. Fotoreportaj // „Gazeta. Ru“, 11.08.2020