Kontent qismiga oʻtish

Sergey Mixalkov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Mixalkov
Tavalludi 28 fevral (13-mart) 1913
Vafoti 27-avgust 2009[1]
Ijod qilgan tillari Rus tili[2]
Fuqaroligi SSSR, Rossiya Imperiyasi, Rossiya va Russian Republic

Sergey Vladimirovich Mixalkov [1913.27.2 (12.3), Moskva] – rus yozuvchisi, jamoat arbobi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1973). Maksim Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida oʻqigan (1935–37). RSFSR Yozuvchilar uyushmasi boshq-aruvi raisi (1970–90). Mixailovning "Bolalar uchun sheʼrlar" kitobi (1936) yoshlarni mehnatga muxabbat ruxdsa tarbiyalaydi. Ikkinchi jahon urutii yillarida bir qancha ocherk, hikoya, hajviy sheʼr va felyetonlar yaratgan. "Xushchaqchaq quyon" (1963), "Suzmoq istayman" (1965) toʻplamlari nashr etilgan. U "Tom Kenti" (1938), "Maxsus vazifa" (1945), "Maktanchoq quyoncha" (1951), "Oʻziga yod-gorlik" (1953), "Koʻpik" (1975), "Aks sado" (1980), "Puerto Muertodagi qoʻrqinchli tun" (1982) singari dramalar muallifi. Urushdan keyingi davrda yozgan "Tom togʻa va qizcha", "Billur vaza", "Oʻttiz olti va besh", "Sashaning kashasi", "Styopa amaki" va boshqa asarlarida bolalar hayoti, ularning oʻziga xos harakteri ifodalangan. SSSR gimni matnini yozgan ( G. ElRegistan bilan hamkorlikda). Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.[3]

Uyimga ketaman, T., 1951.

LLAleksandrov V. P., Sergey Mixalkov, M., 1983.

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil