Kontent qismiga oʻtish

Sergey Muraveyskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sergey Dmitriyevich Muraveyskiy
Tavalludi 1894-yil
Volmar
Vafoti 1950-yil
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasining bayrogʻi Rossiya imperiyasiSSSR bayrogʻi SSSR
Sohasi gidrolog
Ish joylari Moskva davlat universiteti, Oʻrta Osiyo davlat universiteti
Taʼlimi Moskva davlat universiteti

Sergey Dmitriyevich Muraveyskiy (1894—1950) – sovet gidrologi, gidrobiolog, Moskva davlat universiteti professori, biogidrologiya asoschisi[1][2].

Sergey Muraveyskiy Livoniya viloyatining Volmar shahrida tugʻilgan. Ruhoniyning oʻgʻli.

Oʻrta maʼlumotni Riga Aleksandr gimnaziyasida oldi, soʻngra 1913-yilda Moskva universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga kirdi va uni 1917-yilda tugatdi. 1914-yildan Moskva viloyatidagi Glubokoye koʻli gidrobiologik stansiyasida ishlagan.

U 1916-yil oktyabrdan Zamoskvoretskiy tumanidagi Moskva partiya qoʻmitasining tashviqotchisi va targʻibotchisi. 1917-yil oktyabr-noyabr oylarida Qizil gvardiya safida oddiy askar, Moskvada Sovet hokimiyati oʻrnatilishi davrida kursantlar bilan boʻlgan janglarda qatnashgan. Sergey Muraveyskiy 1918-yilda Sovetlarning 7-Umumrossiya qurultoyining delegati boʻlgan. 1918-yil kuzidan u V.I.Chapayev diviziyasi tarkibida jangovar harakatlarda qatnashdi. 1919-yil fevraldan Qizil Armiyada siyosiy xodim. 1920-yildan Turkiston fronti siyosiy boshqarmasi boshligʻi.

1922—1924-yillarda S. D. Muraveyskiy yangi tashkil etilgan Toshkentdagi Oʻrta Osiyo Kommunistik universiteti rektori boʻlgan. 1924-yildan Moskvada ishlagan (Kommunistik universitet prorektori, Jurnalistika instituti direktori, SSSR Davlat reja qoʻmitasining suv xoʻjaligi va madaniyat sektorlari aʼzosi). U maʼmuriy vazifalarni Timiryazev ilmiy-tadqiqot instituti va Vodgeo ilmiy-ishlab chiqarish institutida ilmiy ish bilan birlashtirdi, Magnitogorsk va Moskvada suv taʼminoti muammolarini hal qilish bilan bogʻliq ishlarda qatnashdi.

Vyatka, Vetluga, Unja daryolari, Qozogʻiston koʻllari va Janubiy Uralda gidrobiologik tadqiqotlar oʻtkazdi. U biogeografiya boʻlimini ishlab chiqdi.

1928-yildan S.D.Muraveyskiy Moskva universitetida, 1930-yildan MHIda gidrobiologiyadan dars bergan.

1936-yilda Toshkentga qaytib keldi, Ulugʻ Vatan urushining dastlabki yillarida Oʻrta Osiyoda (Ashxobodga) evakuatsiya ishlarida faol boʻldi. 1940-yilda S.D.Muraveyskiyga „SSSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ unvoni berildi. U 1936-yilda Oʻrta Osiyo davlat universiteti rektori etib tayinlangan[3].

1943-yilda u Moskvaga koʻchib oʻtdi. 1943—1950 yillarda SSSR Fanlar akademiyasining Geografiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Moskva davlat universiteti geografiya fakulteti dekani, universitetning gidrologiya kafedrasi tashkilotchisi va birinchi mudiri, Moskva partiya qoʻmitasi aʼzosi boʻldi

Sergey Muraveyskiy 1950-yilda vafot etgan

  • Алфавитный список студентов и посторонних слушателей Императорского Московского университета за 1913—1914 академический год. — М., 1914. — С. 248.
  • Зенкевич Л. А. С. Д. Муравейский как биолог // Вопросы географии. Сб. 26. М.,1951.
  • Михайлов В. Н., Скорняков В. А., Тихоцкий К. Г. Кафедре гидрологии суши географического факультета МГУ — 55 лет // Проблемы гидрологии и гидроэкологии. Вып.1. М.,1999.
  • Раджапова Р. Я. Сергей Дмитриевич Муравейский (1884—1950) // Революцией призванные: Биографические очерки. — Вып. 1. — Ташкент: Узбекистан, 1987. — С. 292—299.
  • Соловьёв А. И. С. Д. Муравейский // Муравейский С. Д. Реки и озера. М., 1960. С. 5-18.
  1. „Муравейский Сергей Дмитриевич - Энциклопедия“. www.lomonosov-fund.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „Муравейский Сергей Дмитриевич“. www.letopis.msu.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „4 ИЮЛЯ 1894 ГОДА РОДИЛСЯ С.Д. МУРАВЕЙСКИЙ“. www.ruzamuseum.ru. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.