Kontent qismiga oʻtish

Sergey Obrazsov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sergey Vladimirovich Obrazsov ( 22-iyun 1901-yil (5.7) – Moskva8-may 1992-yil) — qoʻgʻirchoq teatri aktyori va rejissyor 1920-yildan estradada parodiyachi aktyor (qoʻgʻirchoklar bilan) boʻlib ishlagan. 1931-yildan Moskva markaziy qoʻgʻirchoq teatrini boshqargan, teatr nazariyasi va uslubiyatini ishlab chiqqan, aktyor va rejissyorlar tayyorlagan, repertuarini bo-yitgan. "Alovuddin chirogʻi", "Antiqa konsert", "Mister Tvister", "Markaziy qoʻgʻirchoq teatri gapiradi va koʻrsatadi", "Shoʻrtan baliq amri bilan" kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Kinoda ham ssenariychi, ham rejissyor sifatida "Kinokamera ayblaydi", "Aklga sigʻmas haqiqat", "Kichik doʻstlarimiz", "Kimga ham kerak, bu Vaska" singari filmlarni ekranga chiqardi. Obrazsov oʻz teatri bilan 1971-yil Oʻzbekistonda gastrolda boʻlgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil