Kontent qismiga oʻtish

Sergey Raxmaninov haykali (Moskva)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sergey Raxmaninov haykali — 1999-yilda Moskvada Strastnoy bulvarida oʻrnatilgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar O. K. Komov, A. N. Kovalchuk va meʼmor Y. P. Grigoryev. Yodgorlik qayd qilingan madaniy meros obyekti hisoblanadi[1].

Dastlab rus bastakori Sergey Raxmaninov (1873-1943) haykali Tambov sohilboʻyida oʻrnatilishi rejalashtirilgan edi. Haykaltarosh Oleg Komov (1932-1994) yodgorlik ustida ishlashni boshladi, lekin u haykaligini deyarli tugatgan chogʻida vafot etadi. Ushbu yodgorlikni oʻrnatish uchun haykaltaroshning qarindoshlari juda koʻp haq soʻrashgan, shuning uchun Tambovga oʻrnatish rejasi bekor qilindi.

Tez orada ushbu yodgorlikni Moskvadagi Strastnoy xiyoboniga oʻrnatishga qaror qilindi. Haykalni Raxmaninov 1905-yildan 1917-yilgacha yashagan 5-uy yaqinida oʻrnatishga qaror qilindi. Oleg Komovning ishini uning shogirdi, haykaltarosh Andrey Kovalchuk yakunladi[2]. Yodgorlikni oʻrnatish boʻyicha ishlar „Transinjstroy“ OAJ direktori, bastakorning qarindoshi Yuriy Raxmaninov boshchiligida amalga oshirildi.

Yodgorlik ochilishi 1999-yil 12-noyabrda boʻlib oʻtdi[3]. Bu Raxmaninovning dunyodagi birinchi monumental yodgorligi edi[4]. Tantanali marosimda madaniyat vaziri Vladimir Yegorov, Moskva meri Yuriy Lujkov, Rossiya Bastakorlar uyushmasi raisi Vladislav Kazenin, Raxmaninov jamiyati prezidenti professor Viktor Merjanov, Moskva konservatoriyasi professori Aleksey Kandinskiy va Yuriy Raxmaninov ishtirok etdi.

Raxmaninovning bronza haykali kubikli granit tagkursiga oʻrnatilgan. Bastakor kontsert libosida va stul suyanchigʻiga suyangan holda tasvirlangan. Qomatida biroz keskinlik aks etadi. Yuzida — mayin tabassum. Oʻychan nigoh uzoqlarga, uzoq yillar davomida yashagan uyiga qaratilgan[5].