Kontent qismiga oʻtish

Sergey Tatur

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sergey Petrovich Tatur (1937-yil 1-avgustda tugʻilgan, Toshkent) — oʻzbek yozuvchisi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Sergey Tatur yer tuzuvchilar Tatur Petr Kuzmich va Rissling Elena Yakovlevna oilasida tugʻilgan.

Ma’lumoti boʻyicha gidrotexnik. Mutaxassisligi boʻyicha olti yil, keyin 13 yil “Pravda Vostoka”(Sharq haqiqati) gazetasida jurnalist boʻlib ishlagan. Sergey besh yil davomida “Sharq yulduzi” jurnalida bosh muharrir boʻlib ishladi va uning soni 212 ming nusxaga yetkazdi. “Sharq Yulduzi” adadi boʻyicha Ukraina, Belorussiya va Qozogʻistondagi tegishli adabiy-badiiy jurnallardan 3-4 baravar oshib ketdi. 150 ta hikoya, 40 ta roman va qissalar muallifi (uning ijodi oz qismi nashr etilgan). Uning barcha asarlari muallifning shaxsiy hayoti bilan qandaydir tarzda chambarchas bogʻliq.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

• “Periferiya” romani – oʻz mansab mavqeini jamiyat manfaati yoʻlida suiiste’mol qilayotgan amaldorlar haqida.

• “Devor” – hikoya.

• “Bolalikdan qolgan Tol-Ariq” – hikoya.