Kontent qismiga oʻtish

Sergey Vonsovskiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Sergey Vasilevich Vonsovskiy (1910.20.8(2.9), Toshkent — 1998.11.8) — fizik olim, Akademik (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni oʻrganishga, oʻtish metallari va qotishmalar uchun oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bagʻishlangan. V. ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (k,. Antiferromagnetizm).[1]

  1. "Vonsovskiy Sergey Vasilevich" OʻzME. V-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil